Avstriyaning OMV Gas Marketing & Trading GmbH kompaniyasi Rossiyaning «Gazprom Eksport» kompaniyasi bilan 2006 yilda tuzilgan va 2040 yilgaça amal qilişi kerak bölgan gaz yetkazib beriş böyiça şartnomani bekor qildi, deb xabar berdi kompaniya 11 dekabr, çorşanba kuni.

Şartnomani muddatidan oldin bekor qiliş sababi «Gazprom Eksport» tomonidan şartnoma majburiyatlarining köplab jiddiy buzilişi», deb tuşuntirdi Avstriya kompaniyasi va bekor qiliş darhol kuçga kirişini qöşimça qildi.

OMV ta’kidlaganidek, «Gazprom» yetkazib berişi töxtatilişi bilan boğliq barça mumkin bölgan xavflar «sönggi uç yil içida muqobil gaz manbalari orqali töliq diversifikatsiya qilindi». Noyabr oyida konsern Norvegiyadan quvur orqali gaz yetkazib berişni ta’minlagani va suyultirilgan gazning uzoq muddatli qöşimça hajmlari böyiça şartnomalar imzolagani haqida xabar bergan edi. Şu bilan birga, Germaniya va Italiyada uşbu mamlakatlardagi dengiz terminallaridan qayta gazlangan STGni mamlakatga taşiş uçun tranzit imkoniyatlari hisobga olingan.

«Gazprom» Avstriyaga gaz yetkazib berişni töxtatdi

Rossiyaning «Gazprom» davlat konserni Avstriyaga gaz yetkazib berişni töxtatmoqda. Avstriyaning OMV neft-gaz kompaniyasi «Gazprom»dan 16 noyabrdan boşlab gaz yetkazib beriş butunlay töxtatilişi haqida bildirişnoma oldi, deyiladi OMV 15 noyabr kuni e’lon qilgan bayonotda. 

Bir kun oldin OMV «Gazprom eksport» bilan arbitraj işida ğalaba qozonganini e’lon qildi. Kompaniya sud qaroridan söng Rossiya tomonidan foizlar va sud xarajatlarini qöşimça ravişda 230 million yevro miqdorida undiriş niyatida ekanligini ma’lum qildi. OMV 2022 yil kuzida gaz yetkazib beriş töxtatilgani sababli 2023 yil boşida «Gazprom eksport»ga qarşi da’vo arizasi bilan çiqdi.

Sud qaroridan keyin OMV «Gazprom eksport» bilan şartnoma munosabatlarining yomonlaşişi, jumladan, gaz ta’minoti töxtatilişini istisno etmadi. Uşbu bayonot fonida Yevropada gaz narxi ötgan yil davomida eng yuqori darajaga yetdi.