Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok 11 dekabr, çorşanba kuni Başar Asad rejimi ağdarilganidan keyin Suriyani qöllab-quvvatlaş rejasini taqdim etdi. U Berlin Damaşqqa yordam beriş uçun ilgari suradigan sakkiz band va şartdan iborat.

Berbok hokimiyatning tinç yöl bilan ötkazilişini birinçi va eng muhim nuqta deb atadi. «Barça partiyalar tomonidan qabul qilingan fuqarolik hukumati faqat barça ozçiliklar va siyosiy guruhlar stol atrofida jam bölsa, muvaffaqiyatli böladi», dedi u.

Çet el aralaşuvisiz Suriya içidagi muloqot

Ikkinçi örinda - Suriya içidagi muloqot. Germaniya Taşqi işlar vazirligi rahbarining sözlariga köra, u BMT rezolyutsiyalari va «joylardagi voqeliklar»ga muvofiq çet el aralaşuvisiz, masalan, Turkiya yoki Isroil aralaşuvisiz ötişi kerak. «Suriya yana xorijiy davlatlar öyinida piyodaga aylanmasligi kerak», dedi Berbok.

Uçinçisi, «Hay’at Tahrir aş-Şom» (Hş) a’zolari tomonidan ayollar, etnik va diniy ozçiliklar huquqlarini hurmat qiliş. Berbokning aytişiça, Germaniya guruh bilan «hali töğridan töğri aloqaga ega emas», ammo Berlin uning «Al-Qoida» bilan aloqasi borligini biladi. «Biz Hşni uning harakatlariga qarab baholaymiz», dedi vazir.

U, şuningdek, insonparvarlik inqirozini imkon qadar tezroq ortda qoldirib, Suriyani qayta tiklaşni boşlaşga çaqirdi. Berbok siyosiy inqiroz fonida mamlakatda yuqori inflatsiya haqida ma’lum qildi, şuning uçun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlaşmoqda. Misol uçun, non narxi bir neça kun içida 900 foizga oşdi. Vazir Germaniyadan 8 million yevrolik şoşilinç yordam va’da qildi.

Suriyaliklarni vataniga qaytariş mojarosi: Şols vazminlikka çaqirdi

Germaniya kansleri Olaf Şols suriyaliklarning Germaniyadan vataniga qaytarilişi haqidagi munozaralarda vazminlikka çaqirdi. «Endi bizning vazifamiz u yerda xavfsiz muhit yaratiş imkoniyatini qöldan boy bermaslik, demokratiyani dunyoga keltiriş va turli dinlarga mansub odamlar normal birga yaşaşini ta’minlaşdir», dedi Şols 10 dekabr kuni ARD telekanalida Suriyadagi vaziyat haqida.

«Ehtimol, agar hamma narsa yaxşi keçsa, köpçilikning özi endi öz mamlakatini qayta tiklaşda iştirok etişni xohlaşini aytişadi», deb tuşuntirdi Germaniya kansleri Başar Asad rejimi qulaganidan keyin suriyalik qoçqinlarning öz vatanlariga qaytişi haqidagi munozaralarni şarhlar ekan. Biroq, ayni damda Suriyadagi vaziyat «juda va juda xavfli» bölib qolmoqda, deya eslatdi u.