Polşa delegatsiyasi Qarşi şahrida ötkazilgan Kashkadarya invest-2024 xalqaro biznes-forumida iştirok etdi. Unda Özbekistonda toğ-kon, geologiya, avtomobilsozlik va maşinasozlik sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş imkoniyatini muhokama qildi.
Biznes delegatsiya safar davomida Özbekiston Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlari hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, "Özeltexsanoat" uyuşmasi, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ, "Özbekkömir" AJ, Navoiyuran DK, Yevropa-Özbekiston iqtisodiy hamkorlik uyuşmasi (EUROUZ), "Özavtosanoat" AJ va uning tizimidagi UzAuto Motors, UzAuto Motors Powertrain, Tashkent Tractor Plant, Nurafshon-Maxsus-Texnika, SamAuto, MAN Auto-Uzbekistan vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi.
Tomonlar kelgusidagi hamkorlikda innovatsion texnologiyalarni tatbiq qiliş va işlab çiqariş jarayonlarini modernizatsiyalaş qiliş masalalari xususida fikr almaşdilar.
Şuningdek, Özbekistonning toğ-kon, geologiya, avtomobilsozlik va maşinasozlik sanoati salohiyatini yanada oşirişga qaratilgan loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari ham körib çiqildi.

















