Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi işlar natijadorligi va 2025 yil uçun ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Boğça va maktab yoşidagi nogironligi bor bolalarning ta’lim bilan qamrovi Qaşqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toşkent viloyatida eng pastligi körsatib ötildi.

Respublika böyiça bunday bolalarni 16,5 mingi maktabga, 17,5 mingi boğçaga bormaydi, yana 11 ming bola maxsus maktab-internatlarda ota-onasidan uzoqda öqiyapti.

Şuning uçun Ijtimoiy himoya agentligi, MMTV, viloyat hokimlariga 1 fevralgaça har bir tumanda bittadan boğçada inklyuziv ta’lim guruhini oçiş topşirildi. 1 sentabrgaça 954 ta maktabda inklyuziv sinf taşkil qilinib, yana 1 ming 800 nafar nogironligi bor bola ta’lim olişi uçun şaroit yaratiladi.

Ijtimoiy himoya agentligiga harakati çeklangan bolalarga maktabga kelib-ketiş xarajatini 75 foizini qoplaş tizimini joriy qiliş topşirildi.

Şuningdek, mental va jismoniy nuqsoni bor bolalarni öqitadigan 90 ta maxsus maktabni köp funksiyali maktabga aylantiriş kerakligi ta’kidlandi. Bu orqali nogironligi bor 2 ming bola ota-onasi bilan yaşab, yaqin hududdagi maktabda öqiş imkoniga ega böladi.

Yangi öquv yilidan Toşkent şahrida bitta şunday maktab faoliyati yölga qöyilib, namuna qilinadi.