Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi işlar natijadorligi va 2025 yil uçun ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş boşlandi.

Davlat rahbari sözining avvalida yangi ijtimoiy himoya tizimini taşkil etişda Özbekistonga yaqindan kömaklaşayotgan BMTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori Sabine Maxl, YUNISEF vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio va Jahon bankining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakovaga bugungi yiğilişda iştirok etayotganlari uçun alohida minnatdorlik bildirdi.

Qayd etilganidek, joriy yilda 102 ta ijtimoiy xizmat mahalla darajasiga tuşirildi.

Masalan, oldin odamlar protez uçun har xil komissiyalar va poliklinikada 2 oy sarson bölgan bölsa, hozir bu masala 2 haftada mahallada hal bölmoqda. Şuning özidan 100 ming odamning oğiri yengil böldi.

Odamlar protezni 95 ta işlab çiqaruvçi orasidan elektron tizimda özi tanlayapti, raqobat va sifat ham yaxşilandi.

Nogironligi bor bolalarga qarab turiş xizmati yölga qöyilib, murojaatlar mahallada qabul qilinyapti. Bu 700 nafar ota-onaning işlaşiga şaroit yaratdi. Harakatlana olmaydigan 4 ming nafar yolğiz keksalar aniqlanib, ularga uyining özida qarab turiş yölga qöyildi.