Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasida savdo tarmoqlari vakillari bilan yangi yil arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlaş yuzasidan uçraşuv ötkazildi.

Idora öz vakolatlari doirasida içki bozorda iste’mol tovarlarining narxlarini tahlil qiliş hamda savdo faoliyatida raqobatni ta’minlaş yuzasidan 8 ta yirik çakana savdo tarmoqlari vakillari bilan uçraşuv ötkazgan.

Uçraşuvda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlar narxlariga ta’sir etuvçi omillarni aniqlaş va ularni barqarorlaştiriş çoralari böyiça masalalar, şuningdek, çakana savdo tarmoqlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan boğliq tizimli muammolar muhokama qilingan.

Qömita talab keskin oşadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlaş böyiça 8 ta çakana savdo tarmoği — «Korzinka», «Makro», «Havas», «Baraka», «Magnum», «Assorti», b1 va «Magnit»ga körsatmalar bergan.

Mazkur savdo tarmoqlari yetkazib beruvçi korxonalar tomonidan narxlar özgartirilişi, logistika xarajatlari va boşqa narxlarning oşişiga olib kelişi mumkin bölgan omillar töğrisida qömitani tezkor xabardor qilib borişi belgilandi. Çakana tarmoqlar yetkazib beruvçilarni asossiz narxlarni oşirişga yöl qöymaslik yuzasidan ogohlantirib borişi kerak.