Lookout kiberxavfsizlik mutaxassislari Gamaredon hakerlar guruhini Android uçun zararli BoneSpy va PlainGnome josuslik dasturlarini tarqatişda aybladi. Bu haqda Anti-Malware xabar berdi.

Ikkala troyan virusi ham akkumulyator körsatkiçlari, fotoalbomlar, Telegram va Samsung Knox seyflari kabi ilovalar sifatida niqoblanadi. Qayd etilişiça, ular Google Play orqali tarqalmagan.

Qayd qilinişiça, zararli dasturlar funksional jihatdan öxşaş bölsa-da, kod bazasi boşqaça. BoneSpy virusi Droid-Watcher loyihasiga asoslangan bölib, mustaqil dastur sifatida işlaydi, PlainGnome esa maxsus koddan foydalanadi va foydalanuvçiga bildirmasdan zararli dasturlarni örnatadi. Biroq, PlainGnome boşqa ilovalarni örnatişi uçun ruxsat talab qiladi.

Ikkala troyanning funksionalligi root-ruxsatga ega böliş, manzilni kuzatiş, qurilma va uyali aloqa provayderi haqida ma’lumot töplaş, foydalanuvçi ma’lumotlarini yiğiş (SMS, bildirişnomalar, kontaktlar, brauzer tarixi, qönğiroqlar jurnali), mikrofondan yozib oliş, kamerani işlatib, fotosurat va skrinşot olişdan iborat.

VirusTotal yuklamalar ma’lumotiga köra, troyanlar asosan Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston aholisiga ta’sir qiladi. Uşbu mamlakatlardan tekşiriş uçun taqdim etilgan namunalar «Personal.apk», «Albom.apk», «Fotoalbom.apk» va «Galereya.apk» kabi rus tilidagi nomlarga ega.

Xavfsizlik böyiça mutaxassislar .apk kengaytmaga ega noma’lum, notaniş fayllarni umuman örnatmaslikni tavsiya qiladi.