London City administratsiyasi The Shard — Buyuk Britaniya va Ğarbiy Yevropadagi eng baland bino kabi böladigan 74 qavatli ofis minorasini qurişga ruxsat berdi, deb yozadi Financial Times.
1 Undershaft nomli ösmonöpar binoni quriş işlari unga qöşni bölgan inşootlar, jumladan, Lloyd’s of London suğurta bozori raisi Bryus Karnegi-Braun qarşi çiqqanidan keyin töxtatib qöyilgan edi. U yangi bino Sent-Xelens-skver maydonini egallab, «City’ni yiğinlar uçun juda muhim maydondan mosuvo qilişi» ta’kidlagan.
Loyiha investor Aroland Holdings kompaniyasi va Stanhope developeri minora asosidagi maydonning katta qismini saqlab qoliş uçun birinçi qavat ölçamini kiçraytirgan.
Quriliş işlari 2030 yilga borib yakunlanişi kutilayotgan 1 Undershaft binosining balandligi 309,6 metrni taşkil etadi — bu Temzani qarama-qarşi qirğoğida joylaşgan The Shard binoalari balandligi bilan teng.
Loyihaga köra, binoning 11-qavatida yaşil zona joylaşadi, yuqori qavatdan tomoşa maydonçasi, şuningdek, London muzeyi bilan hamkorlikda taşkil etiladigan bolalar uçun ta’lim markazi örin oladi.
Aroland Holdings’ning asosiy aksiyadori singapurlik milliarder Kuok Kxun Gong — u moy olinadigan palma plantatsiyalarining dunyodagi eng yirik egalaridan biridir.

















