Loyiha sönggi yillardagi eng kutilgan osmonöpar binolardan biri hisoblanadi. Uning işlab çiqilişi bir neça bor özgargan: dastlab konsepsiyani Britaniyaning Foster + Partners arxitektura byurosi tayyorlagan, keyin loyiha Bjarke Ingels Group (BIG) kompaniyasiga topşirilgan. Keyinçalik esa Foster + Partners yana loyihaga qaytib, binoga yakuniy köriniş berdi.

Zinapoyasimon dizayn va yaşil hududlar

Yangi osmonöpar bino Nyu-Yorkdagi odatiy şişa ofis minoralaridan özining zinapoyasimon arxitekturasi bilan ajralib turadi.

Loyihada keng terrasalar, köplab yaşil maydonlar va daraxtlar bilan bezatilgan oçiq hududlar nazarda tutilgan. Binoning turli qavatlarida joylaştiriladigan kökalamzorlar uning etak qismidagi landşaft bilan uyğunlaşib, yagona yaşil muhit hosil qiladi.

10 ming xodim uçun ofis

2 World Trade Center içida qariyb 186 ming kvadrat metr ofis maydoni taşkil etiladi.

55 qavatli binoda American Express kompaniyasining yangi global boş qarorgohi joylaşadi. Bu yerda taxminan 10 ming nafar xodim faoliyat yuritişi mumkin.

Qurilişning faol bosqiçi boşlandi

Rasmiy quriliş marosimi faqat şu oyda ötkazilgan bölsa-da, tayyorgarlik işlari ança avval boşlangan.

2008 yilda maydonni tayyorlaş işlariga kirişilgan, 2013 yilga kelib esa binoga möljallangan mustahkam poydevor töliq qurib bitkazilgan.

Endi loyiha töliq quriliş bosqiçiga ötdi.

Jahon savdo markazi majmuasining yakuniy qismi

Loyihani Silverstein Properties kompaniyasi amalga oşirmoqda.

2 World Trade Center Jahon savdo markazini qayta tiklaş dasturi doirasida qurilayotgan sönggi tijorat osmonöpar binosi böladi.

U allaqaçon foydalanişga topşirilgan One World Trade Center - AQŞdagi eng baland osmonöpar bino, 3 World Trade Center ofis minorasi hamda yangilangan majmua hududidagi yagona turar joy binosi hisoblangan 5 World Trade Center'ni töldiradi.

Mutaxassislar fikriça, 2 World Trade Center nafaqat Nyu-Yorkning zamonaviy me’moriy qiyofasini boyitadi, balki Jahon savdo markazini qayta tiklaşning ramziy yakuniga ham aylanadi.