Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumanida köçalarda böri galasi yugurib yurgani aks etgan videolavha tarqaldi. Surxondaryo viloyati Ekologiya boşqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinişiça, tarqalgan videolavha 7 dekabr kuni tumanning Marjona mahallasi Zaynobod qişloğida keçki payt tasvirga olingan.

“Sariosiyo tumani toğli va toğoldi hududlarida havo sovib ketgani sababli yovvoyi hayvonlarning boşqa hududlarga tuşib keliş holatlari kuzatilişi mumkin. Bunday holatlarda aholidan ortiqça vahimaga tuşmasliklari, hayvonlarga özboşimçalik bilan zarar bermasligini söraymiz”, deyiladi munosabatda.

Boşqarma yovvoyi hayvonlarni körganda Sariosiyo tumani Ekologiya inspeksiyasi yoki tuman IIBga xabar beriş mumkinligini ma’lum qilgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumanida köçada yölbars yurgani haqidagi xabarlar ham tarqalgandi. Biroq Surxondaryo viloyati Ekologiya boşqarmasi buni rad qildi.