Samarqand va Surxondaryo viloyatlari Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmalari xodimlari hamkorligida ötkazilgan reyd davomida “Niva Legend” rusumli avtomaşina töxtatilib, közdan keçirilganida maşina yukxonasida 8 ta qopda bir boş ayiq va 3 boş yovvoyi çöçqaning tana bölaklari topilgan.
Şuningdek, maşinada beş dona turli rusumdagi stvolli ov qurollari, öq-dorilar, durbinlar, ovoz pasaytiruvçi moslamalar (gluşitel), piçoqlar, fonarlar, bolta va boşqa buyumlar borligi aniqlangan.
Huquqbuzarlar tomonidan Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hududida Qizil kitobga kiritilgan Tyan-Şan qönğir ayiği va 3 boş tönğiz noqonuniy ovlanganligi natijasida hayvonot dunyosiga 679 mln 800 ming söm moddiy zarar yetkazilgan.
Xabar qilinişiça, ov qurollari, öq-dorilar, ruxsatnomalar va ovçilik guvohnomalari vaqtinça saqlaş uçun Samarqand viloyati IIBga topşirilgan, transport vositasi jarima maydonçasiga joylaştirilgan.
Huquqbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.









