2021 yilda butun Suriyaning yalpi içki mahsuloti (YaIM) atigi 8,98 milliard dollarni (8,54 milliard yevro) taşkil etganiga qaramay, Başar Asad oilasining aktivlari qiymati 12 milliard dollarga (11,4 milliard yevro) yetişi mumkin. Bu haqda Amerikaning The Wall Street Journal gazetasi 15 dekabr, yakşanba kuni xabar berdi.
Asad rejimining qulaşi bilan Suriyada 50 yildan ortiq vaqt davomida hokimiyat tepasida turgan uning oilasining köp milliard dollarlik boyligi uçun global ov boşlandi, deb yozadi naşr.
«Inqilobdan oldin ularning pullarni yuviş uçun köp vaqtlari bor edi, ularda har doim »B« rejasi bölgan va ular haydalişga yaxşi tayyorgarlik körişgan», dedi Oq uy Xavfsizlik kengaşi huzuridagi tuzilmalardan birida Suriya siyosati uçun mas’ul bölgan Endryu Tabler.
Tabler - Vaşington Yaqin Şarq siyosati instituti xodimi. Ilgari u Asad oilasi a’zolariga nisbatan sanksiyalar qöllaş uçun ularning mol-mulkini aniqlaş ustida işlagan.
Başar Asad va uning otasi Hofiz qarindoşlari yordamida boyliklarini xorijda yaşirgan, deya ta’kidladi WSJ.
RFda köçmas mulk, Venadagi mehmonxonalar va Dubaydagi samolyot
Asad klanining boyligi aniq hajmi va qaysi oila a’zolari qaysi aktivlarni nazorat qilişi noma’lum. Başar Asadning qarindoşlari tomonidan yillar davomida amalga oşirilgan xalqaro xaridlar orasida: Rossiya Federatsiyasidagi haşamatli köçmas mulk, Venadagi butik mehmonxonalar va Dubaydagi şaxsiy samolyot bor.
2013 yildan 2019 yilgaça sobiq prezidentning qarindoşlari Moskva şahridan qiymati 40 million dollar (38 million yevro) bölgan kamida 20 ta haşamatli kvartira sotib olişgan, deb yozadi Financial Times.
AQŞ Davlat departamentining 2022 yildagi hisob-kitoblariga köra, Asadlar bilan boğliq korxonalar va aktivlarning qiymati 1 milliarddan 12 milliard dollargaça (950 ming yevrodan 11,4 milliard yevrogaça) bölişi mumkin.
Uşbu mablağlar köpinça davlat monopoliyalari va giyohvand moddalar savdosi, xususan, Captagon savdo belgisi ostida amfetamin birikmasi orqali olingan va keyinçalik qisman xalqaro huquqqa ega bölmagan yurisdiksiyalarga qayta investitsiya qilingan, deya ta’kidlaydi WSJ.













