Suriyada Başar Asad rejimi qulaganidan keyin Yevropa Ittifoqi bu davlatning yangi rahbariyati bilan aloqa örnatmoqda. Duşanba kuni Bryusselda bölib ötgan taşqi işlar vazirlari yiğilişida Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat böyiça rahbari Kaya Kallasning aytişiça, YeIning Suriya böyiça elçisi, nemis diplomati Maykl Onmaxt kun davomida Damaşqda bölişi kutilmoqda. Suriyadagi fuqarolar uruşi paytida u Livan poytaxti Bayrutda edi.
Kallasning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqi Suriyada «vakuum» paydo bölişiga yöl qöya olmaydi va şuning uçun u Yevropa Ittifoqi mamlakatlari taşqi siyosat bölimlari rahbarlari bilan Yevropa Suriyadagi yangi hokimiyat bilan qanday va qay darajada hamkorlik qilişi mumkinligi haqida maslahatlaşmoqçi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari taşqi işlar vazirlari Yevropa diplomatiyasining yangi rahbari Kaya Kallas boşçiligida ilk bor yiğilişmoqda. Ularning ta’kidlaşiça, Bryussel Suriyaning yangi rahbariyatidan kurdlar va nasroniylar kabi ozçiliklarni himoya qilişini kutmoqda. Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning ikki harbiy bazasining Suriyada qolişi bilan boğliq tahdidlarga e’tiborni qaratmoqçi, dedi Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysi. Rossiya yillar davomida Suriyaning hokimiyatdan ağdarilgan prezidenti Başar Asadni qöllab-quvvatlab kelgan.
Hş hamon terrorçi guruhlar röyxatida
Şu paytgaça YeI dekabr boşida Asadni hokimiyatdan ağdargan «Hay’at Tahrir aş-Şom» (Hş) radikal guruhi bilan aloqada bölmagan. Yevropa Ittifoqi, xuddi BMT kabi, Hşni «terrorçi taşkilot» deb e’lon qildi va unga qarşi sanksiyalar kiritdi. Asad ağdarilganidan söng Hş Muhammad al-Başirni ötiş davri hukumati rahbari etib tayinladi va diplomatlarga köra, ança mö’tadil pozitsiyani egallab turibdi.
Avvalroq AQŞ, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi davlatlari Fransiya va Italiya Damaşq bilan öz diplomatik aloqalari töğrisida e’lon qilgan edi.













