Qoraqalpoğiston Respublikasi va Namangan viloyatida ijtimoiy soha obektlarini isitiş uçun yetkazib berilgan kömirni talon-toroj qiliş holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Boş prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilişiça, departamentning Nukus tumani bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Tekşiruv davomida davlat-xususiy şerikçilik bitimiga asosan kömir yetkazib beruvçi «N.A.» MÇJga ijtimoiy soha obektlarini isitiş uçun yetkazib berilgan kömir ölçovdan ötkazilganida MÇJ mas’ul şaxslari umumiy bahosi 1 milliard sömlik jami 2 514 tonna kömirni talon-toroj qilgani aniqlangan.

Şu kabi departamentning Namangan viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda davlat-xususiy şerikçilik bitimiga asosan kömir yetkazib beruvçi «O.D.» MÇJ rahbari O.Q. va boşqalar kuz-qiş mavsumida Kosonsoy tumanidagi budjet taşkilotlarini isitiş uçun ajratilgan umumiy bahosi 263,1 million sömlik 609,9 tonna kömirni boşqa şaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborgani ma’lum bölgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq Namanganda aholiga yetkazib berilişi kerak bölgan 13 tonna kömir talon-toroj qilingani, Surxondaryoda esa tegişli hujjatlari bölmagan 100 tonna kömirni 100 million sömga sotgan fuqaro uşlangani töğrisida xabar berilgandi.