Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) avgust oyida qölga kiritgan Kursk oblastidagi hududlarining «qariyb yarmini» qöldan boy berdi. Bu haqda ukrainalik harbiylarga tayanib, The Economist xabar berdi.

82-desant-şturm brigadasi komandiri mayor Ivan Bakrevning sözlariga köra, Rossiya qöşinlari jangga Şimoliy Koreya askarlari qöşilişidan oldin «murvatni buraşni» boşlagan. Ukrainalik harbiy xizmatçining ta’kidlaşiça, Rossiya armiyasi deyarli barça yönalişda — odamlar, artilleriya, texnikada «ulkan» ustunlikka ega bölib, öz maqsadlariga erişiş uçun mexanizatsiyalaşgan va piyoda hujumlarni navbati bilan amalga oşirmoqda.

Öz navbatida Ukraina kuçlari sentabr oxirlaridan, Kiyev Kursk oblastidagi elita bölinmani nisbatan jangda çiqinmagan harbiylar bilan almaştirişga qaror qilganidan keyin pozitsiyalarni qöldan çiqara boşlagan. «Bu xato edi», — deydi Bakrev. Uning sözlariga köra, ayni vaqtda Rossiya armiyasi şarqiy va ğarbiy qanotlardan hujum qilib, UQKning asosiy guruhini Ukrainada uzib qöyişga urinmoqda.

Kursk oblastidagi oğir janglar haqida 95-desant-ştrum brigadasining serjanti Ruslan Mokritskiy ham sözlab berdi. Uning aytişiça, rossiyaliklar «bir neça soat içida bitta pozitsiyaga 40 tagaça boşqariluvçan bombalarni» taşlamoqda.

The Economist’ning qayd etişiça, Rossiya armiyasi tomonidan hujumlar şiddatining oşirilişiga AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi yaqinlaşayotgani sabab bölişi mumkin. Mazkur holatda RF prezidenti Vladimir Putin Kursk oblastidagi hududlarni Rossiya armiyasi tomonidan egallangan ukrain yerlariga almaştiriş böyiça muzokaralar ötkazişga majbur bölmaydi. Öz navbatida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy UQKga Tramp prezidentlik lavozimiga kirişgunga qadar Rossiya mintaqasida egallangan hududlarni saqlab turişni buyurgan.

Ukraina Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi (GUR) şu kuni birgina 14 va 15 dekabrda Şimoliy Koreya armiyasi bölinmalari Kursk oblastida kamida 30 kişini yöqotganini ma’lum qilgandi. Bu yöqotişlar KXDR harbiylari tomonidan Sudja rayonidagi Plexovo, Vorojba va Martinovka qişloqlari hududida Ukraina qurolli kuçlari pozitsiyalariga qilingan hujum paytida röy bergan. Bundan taşqari, Kurilovka qişloği hududida, uşbu ma’lumotlarga köra, Şimoliy Koreyaning uç nafar harbiy xizmatçisi bedarak yöqolgan.