2025 yil sentabridan buyon KXDR Rossiyaga beş mingga yaqin askar jönatgan. Bu haqda Yonhap agentligi Janubiy Koreya razvedkasi tomonidan mamlakat parlamentiga taqdim etilgan ma’lumotlarga tayanib xabar bermoqda.

Rossiyaga yuborilgan askarlar katta ehtimol bilan «infratuzilmani tiklaş» işlariga jalb etilgan. Ularning mingga yaqini minalardan tozalaşga ixtisoslaşgan sapyorlardir.

Janubiy Koreya parlamenti deputati Li Son Gvongning ma’lum qilişiça, Koreya razvedkasi KXDRda Rossiyaga harbiylarni yuboriş uçun «şaxsiy tarkibni öqitiş va saralaş»ning yangi belgilarini aniqlagan.

Umuman olganda, Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga köra, hozirda Rossiya-Ukraina çegarasi yaqinida 10 mingga yaqin şimoliy koreyalik harbiylar bor.

2024 yil kuzida KXDR harbiylari Kursk oblastidagi harbiy harakatlarda qatnaşa boşlagandi – öşa vaqtda bu hududning bir qismi Ukraina qurolli kuçlari tomonidan işğol etilgandi. Bu haqda dastlab Ukraina va Janubiy Koreya razvedkasi xabar qildi, Moskvadagilar buni tasdiqlamagan – lekin rad ham etmagandi. Yanvar oyida Ukraina qurolli kuçlari Şimoliy Koreyaning ikki askarini asirga oldi. Asirlarning sözlariga köra, ular «Ukrainaga yordam berayotgan Janubiy Koreya askarlari» bilan jang qilyapmiz deb öylaşgan.

Rossiya birinçi marta KXDR askarlari öz tomonida jang qilayotganini faqat 2025 yil aprel oyiga kelib tan oladi. Öşanda Rossiya qurolli kuçlari boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga Kursk oblasti hududi töliq ozod qilingani haqida hisobot bergan va Şimoliy Koreya harbiylariga körsatilgan yordam uçun alohida minnatdorçilik bildirgandi.

Avgust oyida KXDR yetakçisi Kim Çen In Kursk oblastida jang qilgan qömondonlarni şaxsan mukofotlagandi. Tahlilçilar qömondonlarning vataniga qaytişi Şimoliy Koreya endi töğridan töğri harbiy harakatlarda iştirok etmasligini anglatişini taxmin qilişgandi. Bunga Rossiya hududlarida janglar yakunlangani, KXDR harbiylari Ukraina hududidagi janglarda iştirok etişini esa Moskva va Pxenyan örtasida 2024 yil yozida tuzilgan mudofaa sohasida özaro yordam pakti bilan izohlab bölmasligi sabab qilib körsatilgandi.

Janubiy Koreya va Ğarb razvedkasi ma’lumotlariga köra, Kursk oblastidagi harbiy harakatlarda Şimoliy Koreyaning 15 minggaça askari iştirok etgan bölişi mumkin. Turli hisob-kitoblarga köra, 500 dan bir yarim minggaça şimoliy koreyalik halok bölgan.