7 iyul tongida Rossiya prezidenti Vladimir Putin transport vaziri Roman Starovoytni iste’foga çiqariş haqidagi farmonini imzoladi. Bir neça soat ötib Starovoyt öz joniga qasd qildi.
Turli naşrlar transport vazirligi va xavfsizlik kuçlaridagi manbalarga tayanib, voqealar qanday rivojlangani böyiça ikkita versiyani şakllantirdi. Ulardan biriga köra, Starovoyt özining iste’foga çiqarilişi haqida oldindan xabardor bölgan. Ertalab, iste’fo haqidagi farmon e’lon qilinganida u transport vazirligiga işga çiqqan – katta ehtimol bilan, seyfdan mukofotga berilgan töpponçani oliş uçun. Şundan keyin darhol şaxsiy maşinasiga ötirib jönab ketgan. U Moskva çekkasidagi Rublevo-Uspenskiy şossesi böyidagi Maleviç parkiga kelgan va şu yerda özini otgan.
Boşqa versiyaga köra, Starovoyt özini iste’fogaça – bir yoki hatto ikki kun oldinroq otgan. Yangi vazirni tayinlagunça bu fakt sir tutilgani taxmin qilinmoqda. Bu lavozimni Andrey Nikitin egalladi, u 2025 yil fevralida, Novgorod oblasti gubernatori lavozimidan vazirlikka kelgandi. Beş yil davomida Nikitin Starovoytga örinbosarlik qildi – katta ehtimol bilan, bu vaqt mobaynida uni vazir lavozimiga tayyorlaşgan.
Starovoytning iste’fosi va joniga qasd qilişiga Kursk oblastida mudofaa inşootlari qurilişidagi korrupsiya işi sabab bölganiga deyarli heç kim şubha qilmayapti. Starovoyt 2018 yil oktyabridan 2024 yil mayiga qadar Kursk gubernatori bölgandi.
2022 yil oktyabrida Rossiyaning Ukrainadagi qöşinlari qömondoni lavozimini general Sergey Surovikin egallagandi – va uning birinçi işi 18 oktyabr kuni «oddiy bölmagan qarorlar qabul qilinişini istisno etmasligi»ni e’lon qilişi bölgandi. Bu «murakkab qaror» – Xersondan çekiniş haqidaligi köpçilikka sir emasdi va keyingi oy davomida şunday ham böldi.
Surovikin lavozimga tayinlanganidan bir kun ötib Putin Ukrainaning bosib olingan hududlarida harbiy holat rejimi, anneksiya qilingan Qrim hamda Rossiyaning Ukraina bilan çegaradoş oltita regionida, şu jumladan Kursk oblastida örta darajadagi reaksiya körsatiş çoralarini joriy etadi. Sodir bölayotgan voqealarning umumiy ma’nosi şundan iborat ediki, Rossiya ukrainlarning ehtimoliy qarşi hujumiga, jumladan, özining xalqaro tan olingan çegaralaridagi hududlariga bosqinga tayyorgarlik körişni boşlagandi.
22 oktyabr kuniyoq Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov regionda tankka qarşi tösiqlardan mudofaa çiziği barpo etilişi boşlanganini e’lon qiladi, «ajdaho tişlari» – yerga kömilgan uçburçak şakldagi beton bloklar duşman zirhli texnikalari harakatiga tösqinlik qilişi közda tutilgandi. Öşanda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi ham Luhansk oblastining bosib olingan qismida şunday liniya barpo etgandi – uni «Prigojin liniyasi» yoki «Majino liniyasi» (Ikkinçi jahon uruşi arafasida Fransiyaning Germaniya bilan çegarasidagi istehkomlar çiziği) muqobili sifatida «Prigojinó liniyasi» deb ataşgandi.














