Suriyadagi yangi hokimiyat bilan muzokaralardan söng Yevropa Ittifoqi Damaşqda diplomatik vakolatxonasini qayta oçişni rejalaştirmoqda. 17 dekabr, seşanba kuni Strasburgda bölib ötgan Yevroparlament yiğilişida Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas: «Biz delegatsiyamiz işini qaytadan boşlaşga tayyormiz», dedi.
Uning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqi «Suriyada böşliq qoldira olmaydi». Şu bilan birga, u Yevropa diplomatik missiyasining qayta tiklanişini «juda muhim qadam» deb atadi. Kallas, şuningdek, Yevropa Ittifoqining Suriya böyiça elçisi Maykl Onmaxt yaqinda bu mamlakatning yangi rahbariyati va fuqarolik jamiyati bilan «birinçi aloqalarni» örnatganini aytdi.
Bir kun avval Kallas YeI kengaşi yiğilişida Suriyadagi fuqarolar uruşi paytida Livan poytaxti Bayrutda işlagan Onmaxt Suriyadagi yangi hokimiyat bilan muloqot qilişni boşlaş niyatida ekanini aytdi.
Öz navbatida, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari taşqi işlar vazirlari Bryussel Suriya yangi rahbariyatidan kurdlar va nasroniylar kabi ozçiliklarni himoya qilişini kutayotganini ta’kidladi.
YeI Suriyaning yangi rahbariyati bilan aloqaga çiqdi
Suriyada Başar Asad rejimi qulaganidan keyin Yevropa Ittifoqi bu davlatning yangi rahbariyati bilan aloqa örnatmoqda. Duşanba kuni Bryusselda bölib ötgan taşqi işlar vazirlari yiğilişida Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat böyiça rahbari Kaya Kallasning aytişiça, YeIning Suriya böyiça elçisi, nemis diplomati Maykl Onmaxt kun davomida Damaşqda bölişi kutilmoqda. Suriyadagi fuqarolar uruşi paytida u Livan poytaxti Bayrutda edi.
Kallasning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqi Suriyada «vakuum» paydo bölişiga yöl qöya olmaydi va şuning uçun u Yevropa Ittifoqi mamlakatlari taşqi siyosat bölimlari rahbarlari bilan Yevropa Suriyadagi yangi hokimiyat bilan qanday va qay darajada hamkorlik qilişi mumkinligi haqida maslahatlaşmoqçi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari taşqi işlar vazirlari Yevropa diplomatiyasining yangi rahbari Kaya Kallas boşçiligida ilk bor yiğilişmoqda. Ularning ta’kidlaşiça, Bryussel Suriyaning yangi rahbariyatidan kurdlar va nasroniylar kabi ozçiliklarni himoya qilişini kutmoqda. Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning ikki harbiy bazasining Suriyada qolişi bilan boğliq tahdidlarga e’tiborni qaratmoqçi, dedi Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysi. Rossiya yillar davomida Suriyaning hokimiyatdan ağdarilgan prezidenti Başar Asadni qöllab-quvvatlab kelgan.












