Keyingi yillarda issiqlik ta’minoti böyiça narxlar yana oşirilişi mumkin. Bu haqda Senat yalpi majlisida çiqiş qilgan boş vazir örinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov aytib ötdi.
“Issiqlik ta’minoti böyiça masala murakkabroq. Bizda tariflar orasidagi farq juda katta. Bu Toşkent şahrida bitta narx, Buxoro yoki Farğonada boşqa bir narx. Undan keyin bu sohada ayrim texnologiya muammolari bor. Masalan, ölçagiçlar qöyiş masalasi. Çunki issiqlikni ölçaş masalasi ham katta bir muammo. Qozonxonalar va yetkazib beriş tarmoqlarining tizimlari ham juda eskirib ketgan. SSSRdan qolgan texnologiyalardan foydalaniladi. Bular gazni ham köp iste’mol qiladi, gazdan foydalaniş koeffitsiyenti samaradorligi ham past.
Mana yaqinda Toşkent şahri kengaşi kelgusi yilda 2 marta tariflarni oşiriş böyiça qaror qabul qildi. Lekin birdaniga aytamiz, tariflarni qoplab beriş uçun bu ham yetarli emas. Umuman, töğrisini aytganda, Toşkent şahar budjeti qançalik katta bölmasin, biz şaharga issiqlik bilan boğliq subsidiyalarni respublika budjetidan ajratib berişimizga töğri kelyapti.
Energetika sohasidagi islohotlarning yakuni nima bilan tugaydi desangiz, bu elektr energiya va gazning çakana va ulgurji bozorini şakllantiriş bilan öz yakuniga yetadi. Şunda budjetdan bu sohaga subsidiyalar beriş böyiça heç qanday ehtiyoj qolmaydi”, dedi Qöçqorov.
Eslatib ötamiz, joriy yilning aprel oyida Toşkent şahridagi markazlaşgan issiqlik tizimi xizmatlari uçun narxlar 15 foizga, oktyabr oyida esa yana 15 foizga oşilgandi. Ayni paytda aholi 1 Gkal uçun 121 617 söm, boşqa ulgurji taşkilotlar esa 244 497 sömdan tölayapti.
Ma’lumot uçun, 2025-2027 yillar uçun Budjetnoma loyihasida aholiga pasaytirilgan narxlarda issiqlik yetkazib berişdagi zararni qoplaş uçun budjetdan 4,2 trln söm subsidiya ajratilişi belgilangan.

















