Germaniya parlamenti Olaf Şols hukumatiga işonçsizlik votumini e’lon qildi. Endi prezident parlamentni tarqatib yuboradi va yangi saylov belgilanadi. Voqealar rivoji kansler Şols foydasiga öynaşi mumkin, ammo sörovnomalarda konservatorlar yetakçilik qilmoqda. Kim yutsa ham, saylovdan keyin Germaniyada koalitsion hukumatni tuziş asosiy muammoga aylanmoqda.

Germaniyada 23 fevral kuni navbatdan taşqari saylov bölib ötadi. Sababi Bundestag Olaf Şols hukumatiga işonçsizlik votumini e’lon qildi. Buni parlamentdan Şolsning özi söragan. Bundestagdagi 207 deputat Şols uçun, 394 nafari unga qarşi, 116 deputat esa betaraf ovoz bergan. Işonçsizlik votumiga parlament ovoz berganidan keyin kansler buyoğini saylovçilar hal qilişini aytib ötdi. Demak, saylov oldidan şiddatli kampaniya ham olib boriladi. 

BBC tahliliga köra, işonçsizlik votumi Şols kutganidek böldi, çunki endi saylov kelasi yili sentabr emas, balki oldinroq – fevralda bölib ötadi. Şu yilning noyabr oyida Şolsning uç partiyali – ya’ni Sotsial-demokratik, Yaşillar va Erkin demokratik partiyalaridan iborat koalitsiyasi parçalangandan söng, parlamentda u köpçilikning qöllab-quvvatlovidan mahrum bölgandi. Şuning uçun Bundestagning bu qarori kutilgan edi. Prezidentga endi parlamentni tarqatib yuboriş uçun 21 kun vaqt beriladi. Amaldagi hukumat esa kutilayotgan sana, 23 fevraldagi saylovlarga qadar öz faoliyatini davom ettiradi.  

Saylov sanasining oldinga olinişi Şols foydasiga öynaydi. Sababi 2025 yil sentabr oyiga belgilangan saylovgaça Germaniyaning ayni paytda töxtab qolgan iqtisodiyoti va duç kelayotgan global inqiroz sabab odamlarning amaldagi hukumatga ortiq işonçi qolmasligi, saylovçilar Şolsni mas’uliyatsizlikda ayblaşi ham mumkin edi.  Ma’lum bölişiça, ommaviy sörovlarda Şolsning Sotsial-demokratik partiyasi  ança orqada bormoqda, Fridrix Mers boşçiligidagi konservativ Xristian demokratik ittifoqi esa hukumatga qaytiş niyatida. 

16 dekabr kuni ötkazilgan ovoz beriş jarayoni oldidan sözga çiqqan Şolsga köra,  navbatdan taşqari saylovlar mamlakat uçun yangi yönalişni belgilaşda imkoniyat hamda mudofaa uçun juda muhim. Mers esa Germaniyaning köproq xorijiy qarzni jalb etişga urinişi kelajak avlodga yuk bölişini aytdi va soliq imtiyozlarini taqdim qilişini bildirdi.  

Şolsning bu harakati siyosiy inqiroz emas, balki parlamentni tarqatib yuboriş uçun qilingan siyosiy vositadir. Buni nemis jamoatçiligi “Kamikadze harakati” deb nomlagan. Bu Germaniyada parlamentni tarqatib yuboriş va erta saylovlarni belgilaşning yagona yölidir. 

Bu usul siyosiy beqarorlikdan qoçiş uçun Germaniyaning ikkinçi jahon uruşidan keyingi asosçilari tomonidan maxsus işlab çiqilgan. Demak, ayni paytda Şols hukumatiga e’lon qilingan işonçsizlik votumini siyosiy inqiroz emas, standart konstitutsiyaviy mexanizm sifatida qabul qilsak töğriroq böladi. 

Lekin Germaniyada e’tibor qilinişi kerak bölgan boşqa muammolar bor. Hozir nigohni koalitsiya nega tarqadi, degan savolga qaratişimiz kerak. Bunga, albatta, pul ustidagi janjal sababçi böldi. Şolsning sotsial-demokratik partiyasi va uning koalitsiyadagi hamkori bölgan Yaşillar Ukrainani qöllab-quvvatlaş va asosiy infratuzilma loyihalarini moliyalaştiriş uçun Germaniyaning qattiq qarz siyosatini yumşatişni söradi. Bunga Şols hukumatidagi moliya vaziri Kristian Lindner tösqinlik qildi. Çunki vazir Erkin demokratiya partiyasi rahbari, uning fikriça, birinçi örindagi vazifa qarzni kamaytirişdir. Uning tösqinligidan keyin Lindner işdan olindi va şu bilan koalitsiya quladi. Natijada esa Berlindagi partiyaviy siyosiy tizim tarqoq holga keldi va hozir parlamentda har qaçongidan ham köproq partiyalarni köriş mumkin. 

Endi tuzilgan siyosiy kuçlar ham radikal qaraşlari ortidan tez tanilib bormoqda. Birgina misol, 2017 yilda öta öngçi Germaniya uçun muqobil partiyasi birinçi marta Bundestagga kirdi va 12,6 foiz ovoz töplay bildi. 2021 yilga kelib, 10,4 foiz quvvatlovga ega bölgan partiyaning bugungi körsatkiçi deyarli 20 foiz. Lekin katta ehtimol bilan bu partiya vakillari hukumat tarkibida bölmaydi. Çunki mavjud biror siyosiy kuç bu partiya bilan işlaş niyatida emas. Germaniya uçun muqobil partiyasining borligi va deyarli 20 foiz ovoz olayotgani qolgan asosiy partiyalarning oyoğiga urmoqda. Çunki bunday şaroitda koalitsiya tuziş ham amrimahol va qiyin masalaga aylanmoqda. 

Şols oldida bir tomondan imkoniyat, ikkinçi tomonda mağlubiyat, uçinçi tomondan esa yutib çiqsa-da, yana qayta koalitsiya tuziş muammosi paydo bölmoqda. Yana bir yangi populistik siyosiy partiyaning ham birinçi marta parlamentga kirişi ehtimoli bor. Bu Şarqiy Germaniya Kommunistik partiyasiga kirgan öta çaplar alyansi. Ayni paytdagi ommaviy sörovlarda konservatorlar yetakçilik qilmoqda. Biroq konservatorlarning ham koalitsiya tuziş imkoniyatlari çeklangan. Çunki ular öta önglar bilan işlaşni rad etadi, ularning radikal çaplar, ya’ni öta çaplar bilan işlaşini tasavvur ham qilib bölmaydi. Konservatorlarning ba’zilari Yaşillar bilan hisoblaşişdan boş tortadi. Erkin bozor liberallari esa yetarli ovoz töplolmay qolişi mumkin. Natijada faqat bitta imkoniyat – Şolsning Sotsial-demokratik partiyasi qolmoqda. Keyingi hukumat qanday körinişda bölişidan qat’i nazar, Germaniyada konsensual koalitsiyalar davri tugaganga öxşaydi.  

Kun.uz bilan suhbatda bölgan Germaniyani örganuvçi siyosatşunos fikriça, Şolsning saylovda yutiş imkoni bor. Ukrainaga yordam beriş-bermaslik mavzusi ham hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi.