Janubiy Koreya Birlaşgan ştab boşliqlari qömitasi KXDR Rossiya—Ukraina uruşida 1100 nafar harbiysidan ayrilganini ma’lum qildi, deb yozadi Yonhap agentligi.

Qayd etilişiça, KXDR Rossiya armiyasini uruşda qöllab-quvvatlaş uçun mamlakatga qöşimça harbiy texnika va qöşin yuborişga tayyorgarlik körayotgan bölişi mumkin.

«Har tomonlama örganib çiqilgan köplab razvedka ma’lumotlari Şimoliy Koreya Rossiyadagi qöşinlari sonini oşirişga yoki rotatsiya qilişga tayyorlanayotganini körsatmoqda», — deyiladi Birlaşgan ştab boşliqlari qömitasi bayonotida.

Bundan taşqari Seul ma’lumotlariga köra, Şimoliy Koreya Rossiyaga zarba beruvçi dronlarni yetkazib berişi mumkin. Harbiylarning qayd etişiça, KXDR dronlar işlab çiqarişga kirişgani töğrisida «ayrim belgilar mavjud» — bu haqda ilk bor noyabr oyida ma’lum bölgan.

Janubiy Koreya, AQŞ va Ukraina ma’lumotlariga köra, KXDR hukumati Rossiyaga şu paytgaça 10-12 ming harbiysini yuborgan.

Avvalroq Rossiya Ukrainaga qarşi uruşda foydalanadigan Şimoliy Koreya askarlariga ularning frontda borligini yaşiriş uçun soxta guvohnomalar berayotgani töğrisida xabar berilgandi. Ukraina Qurolli kuçlarining maxsus operatsiyalar kuçlari ruslar «jang maydonidagi yöqotişlarini yaşiriş va xorijiy kuç mavjudligini yaşiriş» uçun bunday çoralarga murojaat qilmoqda, deb hisoblamoqda.