Qozoğiston juda köp miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanayotgan Özbekiston fuqarosini Rossiyadan ekstraditsiya qildi. Bu haqda Qozoğiston Boş prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, gumonlanuvçi 2005 yildan 2007 yilgaça Olmaota quriliş kompaniyasida buxgalter bölib işlagan va hujjatlar bilan qayd etilmagan qalbaki kvitansiyalarni yozgan. Uning harakatlari natijasida 80 dan ziyod inson jabr körgan va yetkazilgan zarar miqdori 3,7 milliard tengedan (7 million dollar) oşgan.

Gumonlanuvçining şeriklaridan biri sudlangan, özbekistonlik ayol esa jinoyatni sodir etganidan keyin yaşiringan, şu bois u xalqaro qidiruvga berilgan.

Rossiya huquq-tartibot idoralari 2023 yil oxirida Krasnodar viloyatida uşbu fuqaroni qölga olgan va Qozoğiston Boş prokuraturasining söroviga muvofiq ayolni ekstraditsiya qilişga kirişgan.

Ayni vaqtda gumonlanuvçi tergov izolyatoriga joylaştirilgan. Qozoğiston qonunçiligiga köra, u qilgan jinoyati isbotlansa, 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi va mol-molki musodara qilinişi mumkin.