Özbekistonda şanba-yakşanba iş kunlaridan ham köproq stressga boy. Çunki deyarli hamma bozorda, yölda, töyda yoki qarindoşinikida. Yoşlar esa odatda şanba-yakşanbani tinimsiz uyqu bilan yakunlaydi. Kam sonli odamlar vaqtini öziga bağişlab, hayotidan bahra oladi.

Şunday turga kiruvçi vaşingtonliklarning dam oliş kunlarida yoqtirib boradigan lokatsiyalaridan biri – The Wharf, ya’ni şaharning oxirgi tugaş nuqtasidagi bandargoh. Vaşington kanali, Anakostia daryosi tutaşgan joy uzoq yillar davomida körimsizroq baliq bozori edi. Ammo 2017 yilda bu joylar obod qilindi, hozir çinakam dam oladigan sölim göşaga aylandi. Buning uçun vaşingtonliklar bugun öz hokimiga rahmat aytadi.

Kafe va restoranlar, konsert maydonlari, piyoda va yuguriş yölaklari, sayt zonalari va qirğoqböyi – vaşingtonliklar uçun vaqtni çoğ ötkazişga tayyor imkon. Oilasi va bolalari bilan sayr qiliş, yuguriş va velosiped miniş, suv böyida gazeta yoki kitob öqiş, uy hayvonlarini aylantiriş, döstlar bilan birga piknik qiliş, qayiq va yaxtalarga minib, narigi sohilga jönaş, jonli musiqa – obod qilingan bandargoh bularning hammasini taqdim qiladi. Ularning deyarli hammasi tekin. Kamiga hududda tekin internet bilan ta’minlanasiz.

Amerikaliklar duşanbadan jumagaça tinimsiz işlaydi, işga vaqtli boradi. Şu sababli ham şanba va yakşanba kunlari parklar, xuddi şunday suvli joylar, sport maydonlari va muzeylar, tabiat qöyniga şoşadi. The Wharf hududidagi eski baliq bozori 1805 yildan beri bor, asrlar davomida bu nuqta baliq markazi edi. Hozir esa portning bir qismidagina baliq bozori saqlanib qolgan, qolgan hudud dam oliş zonasiga aylantirildi.

Vaşington siyosiy va ma’muriy markaz, odamlarning aksariyati ham davlat xodimlari. Ammo The Wharfʼga kelganlar siyosatni unutadi, şoşilmaydi, suv böyida sayr qiladi, yuguradi va vaqtini çoğ ötkazadi.

Bandargohning hozirgi qiyofasi qurilişi 2014 yilda boşlangandi, bu Vaşingtondagi eng katta şaharsozlik loyihalaridan biri böldi. 1950 yildayoq hududni rivojlantirişga kirişib, yuzlab bizneslarni bu tomonga köçirişgan, ammo natija öylanganidek bölmadi. Şuning uçun ham şahar hokimligi hududni butunlay boşqa qiyofaga keltirişga qaror qildi. The Wharf’ning qiymadi 3,6 mlrd dollar, bu Vaşington tarixidagi eng qimmat loyihalardan biri böldi. 3 million kvadrat futdan ortiq joyda ofis, mehmonxona, turar joy binolari, savdo va köngiloçar markazlar qad rostladi. Natijada vaşingtonliklar asosan hafta oxirida oqib keladigan markaz yaraldi.

Köpçilik quyoş botişini va Reygan aeroportidan kötarilayotgan samolyotlarni tomoşa qiliş uçun ham keladi.