25 dekabr kuni Qozoğiston ğarbidagi Oqtou şahrida Azerbaijan Airlines samolyoti halokatga uçradi va 38 kişi halok böldi. Bu haqda Qozoğiston boş vaziri örinbosari Qanat Bozumbayev ma’lum qildi.

«Jasadlar yomon ahvolda, asosan kuygan», dedi Bozumbayev.

29 kişi şifoxonaga yotqizilgan, ulardan uç nafari bola. Ulardan 11 nafarining ahvoli oğir. Qurbonlar orasida: 15 nafar Ozarbayjon fuqarosi, 9 nafar Rossiya fuqarosi, 2 nafar Qirğiziston fuqarosi bor, yana 3 kişining fuqaroligi aniqlanmoqda.

Bortda jami 67 kişi — 62 yölovçi va ekipajning 5 a’zosi bölgan. Ekipajning barçasi ozarboyjonliklar.

Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Embraer 190 yölovçi samolyoti Ozarboyjon poytaxti Bokudan Rossiyaning Grozniy şahriga uçgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, samolyot Kaspiy dengizi uzra avariya signalini bergan. Şundan söng samolyot favqulodda qönişni amalga oşiriş uçun Qozoğistonga yöl olib, qöniş çoğida halokatga uçradi.