Germaniya federal hukumati Suriyaga yordam beradigan bir qança loyihalarda iştirok etadi. Bu maqsadlar uçun jami 60 million yevro ajratiladi. Biroq pullar Suriya rasmiylariga töğridan töğri yuborilmaydi, dedi Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlaniş vaziri Svenya Şulse 30 dekabr, duşanba kuni çop etilgan Redaktionsnetzwerk Deutschland (RND) naşriga bergan intervyusida.
Şulsening sözlariga köra, Suriyada Başar Asad rejimi qulagandan keyin gumanitar vaziyat «halokatli» – mamlakat aholisining 90 foizi qaşşoqlikda yaşaydi va insonparvarlik yordamiga boğliq. 2011 yildan beri davom etgan fuqarolar uruşi paytida mahalliy infratuzilmaning katta qismi vayron qilingan.
Berlin iştirok etadigan Suriyani qayta tiklaş loyihalari nodavlat va xalqaro taşkilotlar orqali amalga oşiriladi. Xususan, 25 million yevro Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Bolalar jamğarmasiga (YuNISEF) yönaltirilişi kerak, u boşqa işlar qatorida maktablarni ta’mirlaş bilan şuğullanadi. Bundan taşqari, mablağ uruşdan jabr körgan bolalarga yordam beriş uçun sarflanadi. Mahalliy maktablarni taşkil etişni qöllab-quvvatlaş uçun esa 6 million yevro ajratiladi.
Yana 19 million yevro Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Taraqqiyot dasturi (UNDP)ga yönaltiriladi, u boşqa narsalar qatori içki köçirilganlar uçun işlarni taşkil qiladi. Suriyalik ayollar huquqlarini himoya qiluvçi taşkilotlarni qöllab-quvvatlovçi BMT jamğarmasi 3 million yevro oladi, qolgan yetti million esa «turli aholi guruhlari örtasida yaraşuv» bilan şuğullanuvçi mahalliy nodavlat taşkilotlarga ajratiladi.
Şulsening qayd etişiça, ayni damda Berlin mamlakatdagi hokimiyatning «Hay’at Tahrir aş-Şom» (Hş) guruhiga ötişi fonida Suriyada nima bölişini oldindan aytolmaydi. «Ammo ijobiy rivojlaniş uçun imkoniyat mavjud va endi biz uni qöllab-quvvatlaş uçun hamma narsani qilişimiz kerak», dedi nemis vaziri.
«Biz umidlarimizni aniq belgilab oldik: mafkuradan, diskriminatsiyadan va çetlanişdan xoli ta’lim tizimi, agar taraqqiyot töğri yönalişda ketsa, biz boşqa sohalarda ham köp işlarni qilişga tayyormiz», dedi Şulse.
Sobiq isyonçi guruhlar Suriya Mudofaa vazirligini nazorat qilmoqçi
24 dekabr kuni Suriyaning amaldagi rahbari, «Hay’at Tahrir aş-Şom» (Hş) radikal guruhi yetakçisi, Abu Muhammad al-Juloniy nomi bilan tanilgan Ahmad al-Şara va isyonçi guruhlarning sobiq rahbarlari ularni tarqatib yuboriş va keyinçalik mamlakat Mudofaa vazirligi rahbarligida birlaştiriş töğrisida kelişib oldi. Bu haqda Reuters agentligi iqtibos keltirgan Suriyaning yangi hukumati bayonotida aytiladi.
Ötgan hafta Suriya boş vaziri Muhammad al-Başir Mudofaa vazirligi qayta taşkil etilişini va bu jarayonga sobiq isyonçi guruhlar, şuningdek, Başar Asad armiyasidan qoçib ketgan zobitlar jalb etilişini aytdi, deya aniqlik kiritadi agentlik. Endi Ahmad al-Şara oldida köplab qurollangan sobiq isyonçilar guruhlari örtasidagi töqnaşuvlarning oldini oliş vazifasi turibdi, deya ta’kidlaydi Reuters.












