Şavkat Mirziyoyev 27 dekabrdagi farmoni bilan ösimlik yoği importi uçun bojxona bojlarining nol stavkasi muddatini uzaytirdi.
Hujjat bilan kungaboqar, maxsar va paxta yoğlari hamda ularning fraksiyalarini (kimyoviy tarkibi özgartirilmagan holda rafinatsiyalangan yoki rafinatsiyalanmagan) import qilişda bojxona boji nol stavkasining amal qiliş muddati 2026 yil 1 yanvargaça uzaytirildi (TIF TN kodi 1512).
Biroq yangi, sovitilgan yoki muzlatilgan parranda göşti va oziq-ovqat qöşimça mahsulotlarini (TIF TN kodi 0207) olib kirişda imtiyoz uzaytirilmadi.
Göşt, yoğ, un, sovun va boşqa beş turdagi tovarlarni olib kiriş böyiça bojlar 2021 yil 30 dekabrda nolga tenglaştirilgandi, bu tartib 2022 yil 31 dekabrga qadar amal qilgan, keyin esa muddat 2023 yilga qadar va 2024 yilga qadar uzaytirilgandi.
Keyinçalik 2025 yilgaça imtiyozlar faqat yoğ va parranda göşti uçun uzaytirilgan.












