Rossiya prezidenti Vladimir Putin migrantlar uçun bojlarni oşiriş töğrisidagi qonunni imzoladi, jumladan, Rossiya fuqaroligini rasmiylaştiriş uçun 12 baravar miqdorida. Hujjat huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilindi.
Qonun migrantlar uçun bojlarni oşirişni nazarda tutadi, jumladan: Rossiya fuqaroligini rasmiylaştirişda 12 baravar - 4,2 mingdan 50 ming rublgaça; vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnomani rasmiylaştirişda 8 baravar - 1920 rubldan 15 ming rublgaça; yaşaş guvohnomasini rasmiylaştirişda 5 baravar - 6 mingdan 30 ming rublgaça.
Migrantlarni işga jalb qiliş ruxsatnomasini beriş uçun ham boj miqdori oşiriladi - har bir xorijiy mutaxassis uçun 15 ming rublgaça.
Qonun ilgari SSSR fuqarolari bölgan va vatandoşlar va ularning oila a’zolarini köçiriş böyiça davlat dasturida iştirok etayotgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qiliş uçun boj tölaşdan ozod qiladi.
Şuningdek, Rossiya uçun qiziqiş uyğotadigan deb e’tirof etilgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar hamda ularning oila a’zolari vaqtinça yaşaş uçun ruxsatnoma yoki yaşaş guvohnomasini olişda davlat bojini tölaşdan ozod qilinadi.

















