Uçraşuv çoğida farmatsevtika sohasida hamkorlik qiliş, qöşma loyihalar, jumladan tijorat faoliyatini yölga qöyiş, madaniy-gumanitar yönalişda tadbirlar taşkillaştiriş masalalari körib çiqildi.

Iste’molçilarga arzon dori mahsulotlarini yetkazib beriş çoralari, jumladan işlab çiqarişni mahalliylaştiriş darajasini köpaytiriş va içki bozor ehtiyojlarini mahalliy farmatsevtika vositalari hisobiga qondiriş böyiça takliflar muhokama qilindi.

Zafar Baxtavari farmatsevtika sohasida hamkorlik hamda ikki mamlakat aholisini sifatli va arzon dori-darmonlar bilan ta’minlaş çorasi sifatida mamlakatlar soğliqni saqlaş vazirliklari tomonidan dorilarni röyxatdan ötkaziş va sertifikatsiyasini özaro tan oliş taşabbusini ilgari surdi.

Farmatsevtika sohasida hamkorlik örnatiş, xorijiy tadbirkorlarga yaratilgan şaroitlar bilan joyida tanişiş maqsadida 2025 yil fevral oyida D.Watson Group kompaniyasi delegatsiyasining mamlakatga taşrifini taşkillaştirişga kelişildi.

"Pokiston madaniy forumi" raisi Özbekiston va Pokiston örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaşda madaniy aloqalarning örni muhimligini ta’kidladi.

Suhbatdoş özbek xalqidan yetişib çiqqan mutafakkir olimlar, buyuk sarkardalar, ularning merosidan yaxşi xabardorligini ma’lum qildi.

"Biz Muhammad Ali Jinnani zamonaviy Pokistonni yaratgan millat otasi sifatida uluğlaymiz. Şu bilan birga Zahiriddin Muhammad Boburni ham Pokistonda davlatçilik poydevorini qöygan siyosiy me’mor deya e’tirof etamiz", - deya qöşimça qildi u.

Muloqot yakunida tomonlarning 2025 yilgi tadbirlar rejasiga Madaniy almaşinuvlar yönalişida yaqindan hamkorlik qiliş, xususan, talabalar uçun almaşinuv dasturlarini yölga qöyiş, Bobur hayoti va davlatçilik faoliyatiga bağişlangan qöşma tadbirlarni taşkil etiş böyiça bandlar ham kiritildi.