Yevropa Ittifoqining iqtisodiy yordam sifatidagi birinçi tranşi Misr Markaziy bankiga 2024 yil 27 dekabrda kelib tuşdi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Mustafo Madbuli Qohirada ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

«YeI Misr iqtisodiyotini qöllab-quvvatlaş dasturini amalga oşiriş doirasida 1 millard yevro miqdorida birinçi tranşini yönaltirdi. Mablağlar ötgan juma kuni Markaziy bank hisobiga kelib tuşdi», — deydi Madbuli.

Misrda YaIM ösişi 2024 yilda 3,5 foizni taşkil etgan, hukumat rahbarining fikriça, uşbu fakt «hokimiyat töğri yönalişda ketayotgani belgisi» sifatida baholanişi kerak. Madbulining ta’kidlaşiça, iqtisodiy masalalarda Qohiraga işonç bildirilayotganiga ötgan yilning 25 dekabrida Xalqaro valuta jamğarmasi bilan Misrga 1,2 milliard dollar miqdorida mablağ ajratiş borasida kelişuvga erişilgani ham isbot böla oladi. 

Boş vazirning sözlariga köra, hukumat 2025 yilga möljallangan «aniq reja»ni işlab çiqqan bölib, u «Ramazon oyi boşlangunga qadar» davlat özining barça moliyaviy majburiyatlarini bajarişini va asosiy mahsulotlar narxlarini barqarorlaştirişni ta’minlaşga qaratilgan.

Eslatib ötamiz, 2024 yil 17 martda Qohirada ötkazilgan sammitda YeI Misrga 7,4 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ajratişga rozi bölgan va mamlakat bilan şeriklik darajasini strategikka qadar kötariş töğrisidagi deklaratsiyani imzolagan edi. Ötgan yilning iyunida Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen özining Misrga birinçi taşrifida iqtisodiy islohotlarni qöllab-quvvatlaş doirasida Qohiraga 1 milliard yevro ajratilişini e’lon qilgandi.