Hindiston kosmik tadqiqotlar taşkiloti (ISRO) 2025 yilda AQŞning töğridan töğri aloqadan foydalangan holda telefon qönğiroqlarini amalga oşiriş imkonini beruvçi sun’iy yöldoşini kosmosga uçiradi. Bu haqda Hindustan Times xabar berdi.

Mamlakat ilm-fan va texnologiyalar vaziri Jitendra Singxning sözlariga köra, fevral yoki mart oyida Hindiston Amerikaning mobil aloqa sun’iy yöldoşini uçiradi. «Bu qiziqarli missiya böladi», — deydi vazir.

Hozirça vazir ham, ISRO ham sun’iy yöldoşni işlab çiqaradigan kompaniya nomini oşkor etmadi, ammo ekspertlarning ta’kidlaşiça, bu Texasning SpaceMobile telekommunikatsiya firmasi bölişi mumkin. Kompaniya Hindistonning Şrixarikota kosmodromidan özining Bluebird katta sun’iy yöldoşini uçiriş niyatida.

Ayni vaqtga qadar Hindiston tijoriy asosda Amerika kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilgan faqat kiçik sun’iy yöldoşlarni uçirgan. Bluebird’ning oğirligi 6 ming kilogrammni taşkil etadi. Hind raketasi uni Yerning pastki orbitasiga olib çiqişi rejalaştirilmoqda.

Ötgan yilning oktyabrida ISRO Venera sayyorasini örganişga oid rejalarini e’lon qilgandi. Unga köra Shukrayan-1 nomini olgan missiya 2028 yilning 29 mart kuni start oladi.

Eslatib ötamiz, 2023 yilning yozida Hindiston Oyga kosmik kemasini muvaffaqiyatli uçirgan edi. Hindiston kosmik dasturi 1960 yillardan beri mavjud. Dastlab koinotga sun’iy yöldoşlarni uçirişga e’tibor qaratildi. Mamlakat endi öz oldiga yanada ulkan maqsadlarni qöymoqda.