Germaniya Taşqi işlar vazirligi (TIV) Germaniyaga uzoq muddatli milliy viza oliş uçun yangi onlayn ariza xizmati 2025 yilning birinçi çoragida qator mamlakatlarda, jumladan, Rossiya, Ukraina, Qozoğiston va Gurjistonda ham oçilişini bildirdi.

1 yanvar, çorşanba kuni Germaniya Taşqi işlar vazirligi butun dunyo böylab Germaniyaga işlaş, öqiş yoki oila birlaşişi uçun viza oliş maqsadida arizalar elektron formatga ötkazilganini ma’lum qildi. Şu maqsadda boşqarma tomonidan maxsus onlayn portal işga tuşirildi. Biroq, DW muxbiriga köra, ba’zi mamlakatlarni tanlaşda «onlayn ariza mavjud emas» degan xabar paydo bölgan. Bu, masalan, Rossiya, Ukraina, Qozoğiston, Gurjiston va Tojikistonga tegişli.

Buning sabablaridan biri — uzun navbatlar

Germaniya Taşqi işlar vazirligi 2 yanvar, payşanba kuni DW naşriga xorijdagi barça 167 nemis viza muassasalari yangi onlayn portalga ulanganini ma’lum qildi. Biroq, ularning «texnik aloqasi yangi onlayn format uçun iş jarayonlarini qayta özgartiriş bilan birga keladi». «Röyxatdan ötganlarga, albatta, ariza berişga yozilişda ustuvorlik beriladi», deya ma’lum qildi TIV.

«Köpçilik viza muassasalarida kutiş röyxatlarining bekor qilinişi yangi onlayn formatning işga tuşirilişi bilan bir vaqtda amalga oşirildi, ayrim viza muassasalari hozirda xalqaro onlayn portal orqali ariza topşirişga ruxsat berişdan oldin kutiş röyxatlarini bekor qilişga ustuvor ahamiyat qaratmoqda», — deyiladi ma’lumotda.

Germaniya vizasi uçun arizalar elektron formatga ötkazildi

Germaniya Taşqi işlar vazirligi uzoq muddatli nemis milliy vizalarini oliş uçun arizalarni elektron onlayn körib çiqiş portalini işga tuşirdi. Bu haqda 1 yanvar kuni boşqarma saytida ma’lum qilindi.

Press-relizda ta’kidlanganidek, uşbu loyiha ikki yil avval test formatida işga tuşirilgan. «Bu endi dunyo böylab 167 ta viza idoralarida raqamli haqiqatga aylanmoqda. Milliy viza 28 toifada raqamli şaklda qöllanişi mumkin», deyiladi xabarda.

Taşqi işlar vaziri Annalena Berbokning aytişiça, innovatsiyadan asosiy maqsad Germaniyaga butun dunyodan malakali mutaxassislarni jalb etişdir. «Bunday paytlarda biz uzoq vaqt me’yoriy hujjatlarni rasmiylaştiriş va undan ham uzoqroq kutiş tufayli eng yaxşi odamlarning mamlakatimizda işlaşiga tösqinlik qila olmaymiz», dedi vazir.

«Oxirgi 2,5 yil içida biz mavjud viza jarayonini keng kölamli, uzoq vaqtdan beri keçiktirilgan tarkibiy islohot bilan özgartirdik. Va endi biz nihoyat Yevropaning eng zamonaviy immigratsiya qonunini raqamli asrga olib çiqmoqdamiz. Elektron viza jarayoni - haqiqiy ma’muriy inqilob, bu Germaniyani biznes qiliş joyi sifatida mustahkamlaydi, buni biznes va yirik korporatsiyalar uzoq vaqtdan beri talab qilmoqda», - dedi Berbok.

Onlayn ariza beriş imkoni Belarus, Armaniston, Ozarboyjon, Moldova, Litva, Latviya, Estoniya, Özbekiston, Qirğiziston, Turkmaniston, şuningdek, Isroil va AQŞda mavjud.