Nima bölgandi?
2025 yil 1 yanvarga ötar keçasi Yangi Orleanda Ford F-150 Lightning rusumli elektr pikap haydovçisi fransuz kvartalidagi Burbon-stritda yangi yilni nişonlayotgan odamlarni bosib ketdi — bu şahardagi doimo odamlar bilan gavjum böladigan va sayyohlar orasida maşhur markazlardan hisoblanadi. Şundan keyin haydovçi maşinadan çiqib, atrofdagilarni öqqa tuta boşlagan. Politsiya javoban öq uzgan, otişma vaqtida uşbu şaxs öldirilgan.
Sönggi ma’lumotlarga köra, Jabborning özi bilan birga jami 15 kişi halok bölgan, kamida 35 kişi yaralangan.
Politsiya haydovçi harakatini qasddan amalga oşirgani va maksimal darajada zarar yetkazişga uringanini qayd etgan. Federal qidiruv byurosi Yangi Orleandagi ommaviy qotillikni terrorçilik akti sifatida tekşirmoqda — maşinadan IŞID bayroği topilgan — va uning ehtimoliy şeriklarini qidirmoqda.
Burbon-strit hududidan qölbola portlovçi qurilma ham topilgan va zararsizlantirilgan.
Ammo hozirça IŞID ham, boşqa taşkilot ham uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.
Hujum qilgan şaxs haqida nimalar ma’lum?
FQB haydovçining şaxsiga aniqlik kiritgan: bu 42 yoşli Şamsuddin Jabbor bölib, u Texas ştati Bomont şahrida tuğilib ösgan.
2004 yil avgustida Jabbor AQŞ harbiy-dengiz kuçlarini tayyorlaş markaziga öqişga kirgan, ammo bir oy ötib dasturni tark etgan.
2007 yil martidan 2015 yil yanvariga qadar Jabbor AQŞ armiyasida kadrlar tayyorlaş böyiça mutaxassis va axborot texnologiyalari sohasi mutaxassisi sifatida xizmat qilgan. 2009 yil fevralidan 2010 yil yanvariga qadar Jabbor Afğonistonda komandirovkada bölgan.
Uning ukasi, 24 yoşli Abdur New York Times gazetasi muxbiriga Şamsuddin nima iş qilişini bilmasdan, armiyaga ketganini aytadi.
2015 yildan 2017 yilgaça Jabbor Jorjiya ştati universitetida öqib, kompyuter axborot tizimlarida biznes boşqaruvi böyiça diplom oladi.
Talabalar gazetasiga bergan intervyusida u fuqarolik hayotiga moslaşiş qiyinçiliklari haqida gapirgan. Xususan, öqişga tölov qiliş uçun faxriylar stipendiyasini oliş yölidagi byurokratiyadan hamda armiya jargonlaridan qutula olmayotganidan noligan.
Faol xizmatdan böşaganidan keyin ham, 2015 yildan 2020 yilga qadar armiya zaxirasida qolgan. Times naşri yozişiça, Jabbor 82-havo-desant diviziyasining 1-brigada jangovar guruhida axborot texnologiyalari guruhini boşqargan. Bu bölinma «Iblis brigadasi» deb atalgan.
Jabbor armiyadagi karerasini katta serjant maqomida yakunlagan.
Unda ov va baliqçilik uçun litsenziya bölgan, şuningdek köçmas mulk agenti uçun berilgan litsenziyaga egalik qilgan, uning muddati 2023 yilda tugagan.
Jabbor ikki bor uylangan. Birinçi rafiqasi bilan 2012 yilda ajraşgan; ularning ikki qizi bor. U 2017 yilda yana uylanib, ikkinçi oilasi bilan 2022 yilgaça yaşagan, uning bu nikohidan bir öğil tuğilgan.
Abdurning sözlariga köra, aka-ukalar xristian oilada ösgan, ammo Şamsuddin ança yillar islom dinini qabul qilgan. «Bilişimça, u hayotining köproq qismini musulmon sifatida ötkazdi. Uning özini tutişi esa islomni ifodalamasdi. Bu dindorlik emas, qandaydir radikallaşuv edi», — degan u New York Times naşriga.
Jabborning boşqa tanişlari ham New York Times bilan suhbatda unda islom diniga qiziqiş ösib borganini qayd etişgan. Bir yilça oldin Jabbor Texas ştatining Hyuston şahridagi musulmonlar mahallasidagi uyni ijaraga olib, köçib ötgan.
Uning birinçi rafiqasining hozirgi turmuş örtoği naşrga ular Jabborga qizlari bilan körişişni taqiqlaşgani haqida aytib bergan, çunki u sönggi vaqtlarda özini tuşunarsiz, «aqldan ozgandek tutgan, öz soçlarini kesib taşlagan».
Jabborning taniganlarning yana bir qançasi u tinç hayot keçirganini aytadi. U bir neça bor qonunbuzarlik qilgan, ammo bular zöravonlik bilan boğliq emasdi: CNN ma’lumotiga köra, 2002 yilda öğirlik qilganida qölga tuşgan, 2005 yilda — haydovçilik guvohnomasisiz avtomobil boşqargan, 2015 yilda esa alkogol ta’sirida rulga ötirgan.
2020 yilda ajraşiş jarayoni vaqtida Jabborning ikkinçi rafiqasi uning öziga yaqinlaşişini taqiqlaşni söragan va sud uning iltimosini qanoatlantirgan. U ajraşiş sababi sifatida ularning nikohi «ixtiloflar yoki şaxsiy mojarolar tufayli ortiq çidab bölmas holatga kelgani»ni keltirgan.
Yutuyubdagi rolikda Jabbor özini hyustonlik köçmas mulk böyiça professional agent deb taniştiradi. Sud hujjatlariga köra, sönggi yillarda u moliyaviy muammolarga uçragan. U Deloitte auditorlik kompaniyasida işlagan va yiliga 120 ming dollar atrofida maoş olgan, ammo uning öz rieltorlik kompaniyasi Blue Meadow Properties — 28 ming dollar zarar körgan, şuningdek, Jabborning kredit kartalar orqali 16 ming dollar qarzi bor edi.
CNN jinoyatni tergov qiliş jarayonidan xabardor bölgan manbaga asoslanib, 1 yanvarga ötar keçasi, maşinada Texasdan Luizianaga ketayotganida, Jabbor qator videoroliklar yozgani haqida xabar bergan. Videolardan birida u öz oilasini öldiriş rejasi haqida gapiradi, boşqasida IŞIDga qöşilişga ilhomlantirgan tuşlarini aytib beradi.
Ijaraga olingan avtomobil va Las-Vegasdagi portlaş bilan boğliqlik ehtimoli
Jabbor Burbon-stritdagi hujumda foydalanilgan Ford F-150 Lightning elektr yöltanlamasini Turo sayti orqali ijaraga olgan — bu servis maşinalar egalariga ularni ijaraga beriş imkonini beradi.

1 yanvar tongida Las-Vegasdagi Trump Hotel holdida portlab ketgan Tesla Cybertruck ham xuddi şu sayt orqali ijaraga olingan. Portlaş oqibatida faqat haydovçining özi halok bölib, yana yetti kişi yengil tan jarohatlari olişgan. Elektrmobilda yonilği kanistrlari va detonatorga ulangan feyyerverklar bölgan.
Amerika hukumati ikki hodisaning özaro aloqadorligi ehtimolini tekşirmoqda.
Payşanba kuni politsiya va harbiylar portlagan avtomobilda amerikalik harbiy xizmatçi, armiyadagi maxsus topşiriqli bölinmada xizmat qilgan 37 yoşli serjant Mettyu Livelsberger bölganini tasdiqladi.
Tergovçilar uning biografiyasi va iste’fodagi harbiy Şamsuddin Jabbor biografiyasida bir neça parallellarni uçratişgan. Ammo Livelsberger va Jabbor özaro taniş bölgani töğrisida hozirça ma’lumot yöq.
Las-Vegas şerifi Kevin Makmahill payşanba kuni jurnalistlarga yonib ketgan pikapda Livelsbergerning harbiy guvohnomasi va pasporti, şuningdek uning nomiga olingan bir neça kredit kartalari, ikkita töpponça, ayfon va soatlar topilganini ma’lum qildi.

Şerif yakuniy rasmiy identifikatsiya uçun DNK tekşiruvi ham zarurligini, çunki Livelsbergerning tanasi tanib bölmas darajada kuyib ketganini ta’kidlagan. Lekin uning jasadi qoldiqlarida ikki tatuirovka saqlanib qolgan —serjant Livelsbergerda ham aynan şunaqasi bölgan.
Mahalli koroner (ölim sababini aniqlaydigan sudya) payşanba kuni Livelsberger özini otib öldirgan. Tergov u portlaşdan bir neça soni oldin öz joniga qasd qilganini aniqlagan.
«Men işonç bilan aytişim mumkinki, bu öz joniga qasd qiliş, şundan keyin darhol bomba portlagan», — degan matbuot anjumanida şerif Makmahill.
Pentagon vakili Livelsberger maxsus topşiriqli bölinma razvedkaçisi bölganini tasdiqlab, u ta’tilda bölganini bildirgan.
FQB portlaşda gumonlanuvçining motivlari hozirça aniq emasligini bildirgan. U Cybertruck’ni özi tuğilgan Kolorado ştatining Denver şahrida ijaraga olgan, bu şahar Las-Vegasdan ming kilometr masofada joylaşgan.
Pikap portlaşi oqibatida haydovçidan boşqa heç kim halok bölmagan. Tergovçilar Cybertruck kuzovi portlaş kuçi va alangani atrofga tarqatmay, yuqoriga kötargani tufayli şunday bölganini taxmin qilmoqda.

Yangi Orleandagi ommaviy qotillik va Las-Vegasdagi portlaşdan keyingi soatlarda politsiya va FQB Jabbor va Livelsbergerni umumlaştiruvçi faqat bitta jihat haqida aytayotgandi: ularning ikkisi ham pikaplarni Turo sayti orqali ijaraga olişgan. Endi tergovçilar yana bir neça parallellar topişgan.
Ularning ikkisi ham Şimoliy Karolinadagi Fort Bragg bazasida (hozirgi Fort Liberty) xizmat qilişgan. Şu bilan bir vaqtda, tergovçilarda ular bir vaqtda bitta qismda bölişgani yoki xizmat qilişgani haqida ma’lumot yöq.
Fort Liberty — ulkan harbiy baza bölib, u yerda 50 mingdan ortiq kişi xizmat qiladi.
Bundan taşqari, Jabbor va Livelsberger 2009 yilda Afğonistonda bölişgan. Ammo bu mamlakatda ularning yöllari kesişgani ma’lum emas.
FQB hozirça Yangi Orlean va Las-Vegasdagi hodisalar özaro boğliq bölmagan, Jabbor yolğiz harakatlangan deb hisoblamoqda.












