2024 yilda Germaniyada boşpana sörab murojaat qilganlar soni 30 foizga qisqarib, 230 mingga yaqinni taşkil qildi. Bu haqda 3 yanvar, juma kuni Welt am Sonntag (WamS) gazetasi hukumat doiralaridagi suhbatdoşlariga tayanib yozdi.
Bir yil avval Germaniya rasmiylariga 329 mingta şunday ariza kelib tuşgan. Germaniya Içki işlar vazirligi yaqin kunlarda yakuniy statistikani taqdim etadi.
Germaniyada eng köp boşpana sörovlari kuzatilgan yillar
Germaniya tarixida boşpana sörab murojaat qilişning yillik soni hozirgi darajadan bor-yöği olti marta oşgan: 1991-1993 yillardagi Yugoslaviya uruşlari paytida, 2015-2016 yillardagi migratsiya inqirozining eng yuqori çöqqisida va 2023 yilda, deya qayd etadi naşr.
Işdan ketayotgan federal hukumat bir neça oy davomida boşpana izlovçilar oqimini kamaytirişdagi muvaffaqiyatini e’lon qildi, ammo maqsad sifatida faqat 2023 yildan foydalandi. Şu bilan birga, «svetofor koalitsiyasi» hokimiyatda bölgan birinçi töliq yil bölgan 2022 yilda boşpana sörovlari soni 2021 yilga nisbatan 47 foizga oşdi, deya tuşuntiradi WamS. 2023 yilda bu körsatkiç bir yil avvalgiga nisbatan 51 foizga oşgan.












