Grenlandiya boş vaziri (Daniya tarkibidagi avtonom hudud) Mute Egede dunyodagi eng katta orolning mustaqilligi haqida gapirdi. Bu sözlar uning 2 yanvar, payşanba kuni Grenlandiya hukumati saytida çop etilgan yangi yil murojaatida keltirilgan.
Egede «mustamlaka davri kişanlariga» qarşi
«Mamlakatimiz navbatdagi qadamni taşlaşi vaqti keldi. Dunyoning boşqa davlatlari kabi biz ham mustamlakaçilik davri kişanlari deb ataşimiz mumkin bölgan hamkorlikdagi tösiqlarni olib taşlaş, oldinga intiliş ustida harakat qilişimiz kerak. Tarix va bugungi şaroitlar Daniya Qirolligi bilan hamkorligimiz töliq tenglikni ta’minlamaganini körsatdi va agar biz Daniya konstitutsiyasiga tayanişda davom etsak, teng huquqli hamkorlikni yaratib bölmaydi», deyiladi murojaatda.
«Bizning kelajagimizni, jumladan, kimlar bilan yaqindan hamkorlik qilişimiz va savdo aloqalarimiz qanday bölişi kerakligi haqida qadam taşlaş va şakllantiriş vaqti keldi, çunki bizning boşqa davlatlar bilan hamkorligimiz va savdo aloqalarimiz faqat Daniya orqali davom eta olmaydi», deya qöşimça qildi siyosatçi .
Sönggi bir neça yil içida Grenlandiya parlamenti va hukumati «Daniyadan ajralib çiqişimiz uçun asos bölgan konstitutsiyamizni işlab çiqiş böyiça çoralar köriş maqsadida birgalikda işladilar», dedi u.
«Grenlandiya xalqining mustaqillikka erişiş qobiliyati mustaqillikka erişişning huquqiy asosini yaratgan «Özini-özi boşqariş töğrisida»gi qonun hujjatlarida ham mustahkamlab qöyilgan. Qonunda közda tutilgan imkoniyatlar va qoidalar doirasida Grenlandiyaning mustaqil davlat sifatida asoslarini yaratişga kirişildi», — deya qöşimça qildi Egede.
Grenlandiya boş vaziri Trampning orolni AQŞga sotiş ğoyasini rad etdi
Grenlandiya boş vaziri Mute Egede AQŞ saylangan prezidenti Donald Trampning orolga Vaşington tomonidan «egalik va nazorat qiliş» zarurligi haqidagi sözlariga javob qaytardi. OAV 23 dekabr kuni uning sözlaridan iqtibos keltirdi: «Grenlandiya Grenlandiya xalqiga tegişli».
Egede şunday qöşimça qildi: «Biz sotmaymiz va sotilmaymiz. Ozodlik uçun uzoq davom etgan kuraşimizni boy bermasligimiz kerak». Şu bilan birga, siyosatçi Grenlandiya «butun dunyo, ayniqsa qöşnilar bilan hamkorlik va savdo qiliş uçun» oçiq qolişi kerakligini ta’kidladi.












