Oliy radaning inson huquqlari böyiça vakili Dmitriy Lubinets BMTning Ukrainadagi uruş haqidagi sönggi hisobotidan noroziligini bildirdi. Bu haqda ombudsmanning Telegram-kanalida 3 yanvar, juma kuni e’lon qilindi.
BMT: Ukrainada rossiyaliklar qiynoqqa solingan
31 dekabr, seşanba kuni Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi BMTning Ukrainadagi Inson huquqlari monitoringi missiyasi tomonidan tayyorlangan navbatdagi hisobotni e’lon qildi. Hujjat 2024 yil sentabrdan noyabrgaça bölgan davrni qamrab oladi. Muqaddimada ta’kidlanganidek, hisobotda «mojaro bilan boğliq inson huquqlarining buzilişi, jumladan, Rossiyaning aholi punktlariga hujumlari, energiya infratuzilmasiga maqsadli hujumlar va asosiy erkinliklarning çeklanişi tasvirlangan».
BMT ekspertlari uç oylik uruş davomida 574 nafar tinç aholi halok bölgani, 3032 nafari yaralanganini aniqladi. «Jabrlanganlarning mutlaq köpçiligi – 93 foizi Ukraina hukumati nazorati ostidagi hududlarda, ayniqsa Donetsk, Xarkiv va Xerson oblastlarida qayd etilgan», deyiladi hisobotda. Unda 63 nafar ukrainalik harbiy asirning qatl etilişi haqida ham söz boradi.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti press-relizining önta bandidan faqat ikkitasida Ukraina hukumati tanqid qilingan. Ulardan birida «Ukraina rasmiylari tomonidan rossiyalik harbiy asirlarni, asosan, ularni hibsga olişning dastlabki bosqiçlarida tranzit markazlarida qiynoqqa soliş va şafqatsiz munosabatda böliş holatlari» haqida yozilgan. «Boşqarma xuddi şunday şaroitda rossiyalik harbiy asirlarning ölimi haqidagi ikki işonçli xabarni tekşirmoqda», — deyiladi bayonotda. Boşqa joylarda esa «bosib olingan hududlarda ham, Ukraina hukumati nazorati ostidagi hududlarda ham diniy erkinliklarning çeklanişi» haqida aytiladi.
Lubinets: BMTning ayrim xulosalari notöğri
Ukraina ombudsmanining ta’kidlaşiça, «BMTning Ukraina böyiça bir qator xulosalari notöğri». «Men ombudsman idorasi tomonidan berilgan ayrim izoh va tavsiyalar inobatga olinmaganiga qat’iyan qöşilmayman», — deya qöşimça qildi Lubinets.
Rossiyalik harbiy asirlarni qiynoqlarga soliş holatlariga töxtalib, u Ukraina hukumati ularni tergov qilayotganini aytdi. «Ombudsman idorasi xodimlari jamoat taşkilotlari vakillari bilan birgalikda harbiy asirlarni saqlaş lagerlariga va tergov hibsxonalaridagi maxsus hududlarga muntazam taşrif buyurişadi, rossiyalik harbiy asirlarga nisbatan şaroit va munosabat Jyeneva konvensiyasiga mos keladi», dedi Lubinets.













