Nukusda mast askar 6 kishini pichoqladi. 1 kishi vafot etgan
3 yanvar kuni Nukus shahrida FVVga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan 19 yoshli askar mast holda tinch aholining uyiga kirib, uxlab yotgan ayolga tegajog‘lik qilgan. Eri uyg‘onib qolgach, unga chopqi bilan hujum qilgan.

Foto: FVV
Kun.uz ixtiyoriga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 3 yanvar kuni tonggi 4:00 larga yaqin Nukus shahrida Danalar ko‘chasida yashovchi fuqarolar qo‘shnilari pichoqlab ketilgani haqida IIBga xabar bergan. Voqea joyiga tezkor-tergov guruhi, prokuratura va IIV xodimlari yetib borgan.
Tezkor surishtiruv ishlari davomida 2005 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, FVV maxsus muhandislik qurilish boshqarmasi oddiy askari Garanin Maksim mast holatda xizmat o‘tayotgan joyidagi Nazorat o‘tish joyida xizmat o‘tayotgan oddiy askar F.N.ni urib, ko‘chaga chiqib ketgani aniqlangan.
Shundan so‘ng u Nukus shahri Danalar ko‘chasidagi xonadonlardan biriga kirib, oshxonadan pichoq va chopqini olgan. Ushbu xonadonda yashovchi, farzandi bilan uxlab yotgan ayolga tegajog‘lik qilmoqchi bo‘lgan. Ayol uyg‘onib ketib baqirgach, uning turmush o‘rtog‘i ham uyg‘ongan. Mast askar shu vaqtda qo‘lidagi pichoq bilan unga tashlanib, tan jarohati yetkazgan. 28 yoshli Z.Q. olgan tan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etgan.
Shundan so‘ng FVV askari ushbu xonadondagi 64 va 37 yoshli ota-o‘g‘ilga ham chopqi bilan hujum qilib, turli darajadagi jarohatlar yetkazgan.
Bundan tashqari, askar Nukus shahri Aybuyir ko‘chasida yashovchi 68 va 43 yoshli ota-o‘g‘ilga ham tan jarohati yetkazgan.
Voqea joyidan 1 dona tig‘ sohasi uzunligi 20 sm, eni 8 sm bo‘lgan chopqi dalil tariqasida olingan. Gumon qilinuvchi qo‘lga olingan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi va 25, 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) 2-qismi «a, l» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Jabrlanuvchilarning 1 nafari vafot etgan, 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda” – deyiladi ma’lumotnomada.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning yana bir hududi migrantlar mehnatiga cheklovlar joriy qildi
Jahon | 20:30
-
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari Xo‘jand qal’asini tomosha qildi
O‘zbekiston | 20:20
-
Fransiya antimonopoliya regulyatori Appleʼni 150 mln yevro jarimaga tortdi
Jahon | 20:08
-
Putin bahorgi harbiy xizmatga chaqirishga oid farmonni imzoladi. Armiyaga 160 ming kishi olib ketiladi
Jahon | 20:00
Mavzuga oid

20:27 / 28.03.2025
Favqulodda vaziyatlar vaziriga o‘rinbosar va FVV akademiyasiga yangi boshliq tayinlandi

20:52 / 15.03.2025
Germaniyada tibbiyot xodimi smenani «tinch o‘tkazish» uchun 9 kishini o‘ldirganlikda ayblandi

19:40 / 14.03.2025
Nukusda propan gaz tashuvchi yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

11:53 / 10.03.2025