Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlardan biri yengil maşina tomini teşib, unga isitiş peçi örnatgani tasvirlangan video tarqaldi.

Hodisa 2024 yil 2 yanvar kuni sodir bölgan. Bloger özining Kia K5 rusumli şaxsiy maşinasining tom qismini teşib, unga isitiş peçi örnatgan.

Söng isitiş peçini yoqib, unda çoy qaynatgan va şu holda maşinani köçalarda boşqargan.

IIV axborot xizmatining xabar berişiça, blogerning uşbu işlari yöl harakati qoidalarini buziş hamda jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini mensimaslik hisoblanadi. Şuningdek, u transportda xavfsizlik qoidalariga amal qilmagan.

“Bu kun” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilişiça, Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari tezkor suriştiruv ötkazib, qoidabuzar blogerni topgan.

Söng unga nisbatan MJtKning tegişlari moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirgan. Maşina vaqtinça jarima maydonçasiga joylaştirilgan.

Şuningdek, qoidabuzarga nisbatan Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan ham MJtKning tegişli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.