Damaşq aeroportida 7 yanvardan xalqaro reyslarga xizmat körsatiş qayta tiklanadi. Bu haqda Suriya Fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi rahbari Aşhad al-Salibi ma’lum qildi.

«Biz 2025 yil 7 yanvardan boşlab Damaşq aeroporti xalqaro reyslarni qabul qilişni boşlaşini e’lon qilamiz», — deydi u.

Al-Salibi aeroport qaysi aviakompaniyalar reyslarini qabul qilişiga aniqlik kiritmagan.

«Arab va boşqa xorij aviakompaniyalarini işontirib aytişim mumkinki, biz şeriklarimiz yordamida Damaşq va Halab aeroportlari faoliyatini töliq qayta tiklaş ustida iş olib bormoqdamiz», — deya qöşimça qiladi Al-Salibi.

Qayd etilişiça, Qatar Airways Damaşqqa parvozlarni amalga oşirişga tayyorligini bildirgan. Ayrim aviakompaniyalar esa Suriya poytaxti aeroporti bilan işlaşga qiziqiş bildirmoqda, ammo ular avvaliga logistika va xavfsizlik bilan boğliq qator muammolarni hal etiş niyatida.