Bugungi kunda tibbiyot sohasidagi transformatsiya jarayonlari yangi bosqiçga kötarilmoqda. Buni amaliyotga tatbiq etilayotgan Reimbursatsiya dasturi misolida ham köriş mumkin.
Reimbursatsiya, ya’ni «xarajatlarni qoplaş» ma’nosini anglatadigan bu tizim 2020–2024 yillar davomida Sirdaryo viloyatida sinovdan ötkazildi. Hozirgi paytda esa Sirdaryo viloyati bilan birga Toşkent şahrida ham amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Xöş, bu dasturning asosiy mohiyati nimadan iborat, bu orqali qanday maqsadlar közlanmoqda?
«Avvalo, uşbu ezgu işda prezidentning 2024 yil 5 sentabrdagi «Davlat tibbiy suğurtasi mexanizmlarini joriy etişga oid çora tadbirlar töğrisida»gi qarori dasturilamal bölganini aytiş zarur.
Zero, unda şifokor tomonidan rasmiylaştirilgan elektron retsept asosida dori vositalari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi doirasida bemorga dorixonalar tomonidan bepul berilişi va barça xarajatlar Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanişi belgilab qöyilgan», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Hozir dasturga 7 xil surunkali xastalik — gipertoniya, yurak-işemik kasalligi, qandli diabetning 2 turi, bronxial astma va öpkaning surunkali obstruktiv xastaligi kiritilgan bölib, ularga çalingan bemorlarga 27 xil dori-darmonlar bepul beriladi.
Tizimdan foydalaniş imkon qadar soddalaştirilgan. Fuqaro, avvalo, oilaviy şifokorga borib uçraydi. Bordi-yu, unda sal ilgariroq nomlari keltirib ötilgan kasalliklardan biri yoki bir neçtasi aniqlanadigan bölsa, şifokor elektron retsept şakllantiradi.
Söng bemor telefoniga SMS kod keladi va şu kod Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi bilan şartnoma tuzgan dorixonaga ham boradi. Bemor yoki uning yaqinlaridan biri şu SMS kodni dorixona xodimiga körsatib, retseptdagi dorilarni olişi mumkin böladi.
SMS yaxşi işlamaydigan joylardagi bemorlar nima qiladi? Bu masala ham hisobga olingan. Oilaviy şifokor tomonidan QR-kodli elektron retsept şakillantiriladi va bemorga beriladi.
Bemor yoki uning yaqinlaridan biri QR-kodli elektron retseptni Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi bilan şartnoma tuzgan dorixona xodimiga taqdim etadi va öziga kerakli dori vositalarini oladi.
Ammo şu bilan jarayonlar yakunlanmaydi. Bemor özi olgan dorilarni qabul qilib bölgaç, yana şifokor huzuriga keladi. Şifokor uni tekşirib bölgaç, yangi elektron retseptni şakllantiradi.
Bu galgi dorilar miqdori, ya’ni dozasi farq qilişi mumkin. Muhimi, ana şu jarayon to bemor darddan töliq foriğ bölib ketguniça davom etadi.
«Şu örinda yana bir jihatni közdan qoçirmaslik joiz. Gap bemorlarda kuzatiladigan öziga xos «injiqlik» haqida bormoqda. Ayrim bemorlarning dori vositalarini vaqtida qabul qilmasligi holatlari uçrab turadi.
Bu jihat ham dastur ijodkorlari e’tiboridan çetda qolmagan. Potranaj hamşirasi özining hududida dastur doirasidagi neça bemor borligini yaxşi biladi va tez-tez ularning uyiga borib, narozat qilib turadi. Kimdir dorini vaqtida qabul qilmayotgan bölsa, hamşira tuşuntiriş işlari olib boradi.
Bu kabi xayrli sa’y-harakatlardan közlangan maqsad yanada e’tiborli. Ya’ni bu bilan surunkali kasalliklarni tizimli ravişda davolaşni yölga qöyiş, kasalliklarning oldini oliş va dori ta’minotini yaxşilaş orqali aholini moliyaviy himoyalaş hamda yurtdoşlarimizning öz salomatligiga bölgan mas’uliyatini oşiriş maqsad qilingan.
Bejiz aholining öz salomatligiga bölgan mas’uliyatini oşirişni alohida eslatib ötmadik. Yurtdoşlarimiz orasida öz soğliğiga bee’tibor bölganlar ham kam emas. Kimdir dori-darmonni olişga olib, vaqtida qabul qilmasa, boşqa birlari ovqatlaniş tartiblariga amal qilmaydi.
Qaçonki, biz öz salomatligimizga mas’ullik bilan yondaşar ekanmiz, ana şunda dasturdan közlangan maqsadlarga töliğiça erişamiz», deyilgan xabarda.
Ma’lumot uçun, reimbursatsiya dasturi 2026 yilning yakuniga qadar mamlakatimizning barça hududlarida joriy etiladi.












