Ukrainada 2024 yilda 200 mingga yaqin odam uruşga safarbar qilindi. Bu haqda Ukraina va Ğarb rasmiylariga tayanib The Washington Post xabar berdi.
«Men raqamlarni aytmayman, ammo bu dahşatli. Odamlar uruşga çaqirilmoqda, ammo afsuski, bizda yöqotişlar bor va ularning örnini töldiriş kerak. Bu rostdan ham yetarli emas», — deydi Ukraina Qurolli kuçlari batalon komandiri.
WP’ning qayd etişiça, rossiyalik harbiy xizmatçilar özlarining asosiy ustuvorligi — inson resurslaridan foydalangan holda uruşning «dastlabki kunidanoq jadal sur’atlar bilan oldinga siljimoqda».
2022 yil 24 fevralda Ukrainada harbiy holat joriy etilib, safarbarlik e’lon qilingan edi. UQKning sobiq boş qömondoni Valeriy Zalujniy armiyaga odamlar yetişmayotgani va deputatlarni ham frontga borişga çaqirgandi. 2023 yil dekabr oxirida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy harbiylarning qöşimça 450-500 ming kişini safarbar qiliş haqidagi iltimosini ma’lum qilgandi.
Şundan beri armiyaga çaqiruv şartlari kuçaytirildi. Xususan, harbiy xizmatga çaqiruv yoşi 27 dan 25 ga tuşirildi. Zelenskiyga köra, Rossiya tomonidan 2022 yil fevral oyida Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlanganidan beri 43 ming ukrain askari halok bölgan.













