Rossiya tomonidan 2022 yil fevral oyida Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlanganidan beri 43 ming ukrain askari halok böldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.
«Odamlarimiz öz hayoti evaziga uyini himoya qilmoqda, jangçilarimiz va fuqarolarimizning har birining hayoti biz uçun qadrli. Keng kölamli uruş boşlanganidan beri Ukraina 43 ming jangçisidan ayrildi, ular jang maydonida halok böldi.
370 ming kişi yaralangan — ularning taxminan 50 foizi yana safga qaytayotgani inobatga olingan holatda va barça jarohatlar, jumladan, yengil va qayta yaralanişlar ham qayd etilmoqda», — deydi Zelenskiy.
Şuningdek, Ukraina prezidenti Rossiya tomonining yöqotişlariga ham baho berdi. Uning sözlariga öra, RF 198 ming askaridan ayrilgan, 550 mingdan ortiq harbiy xizmatçisi yaralangan.
Zelenskiy 2024 yil fevralida Rossiya bilan keng kölamli uruş boşlanganidan buyon ukrainalik 31 ming harbiy xizmatçi halok bölganini aytgandi.
Ukrainada e’lon qilingan nekrologlar hamda halok bölgandan keyin berilgan mukofotlaş röyxatlari asosida (röyxat haqiqiyligini «Meduza» va «Mediazona» jurnalistlari tasdiqlagan) ualosses.org saytida e’lon qilingan röyxatda 2022 yil 24 fevralidan buyon halok bölgan 60 mingdan ortiq ukrainalik harbiy xizmatçi nomi keltirilgan. Katta ehtimol bilan, qurbonlarning haqiqiy soni köproq — Rossiya armiyasi yöqotişlari böyiça xuddi şu kabi röyxatdagi raqamlar haqiqiy qurbonlar sonidan ikki barobar kamroq.
«Meduza» va «Mediazona» jurnalistlari meros işlari bazasi ma’lumotlariga asoslangan hisoblariga köra, 2024 yil iyul holatiga kelib Ukrainada 120 ming rossiyalik harbiy halok bölgan. 2024 yil bahori va yozida RF qurolli kuçlarida kuniga örtaça 250 kişi halok bölgan. Yöqotişlarning bunday sur’atida uruş boşidan 2034 yil dekabriga qadar Rossiya armiyasi yöqotişlari halok bölgan 155 000-160 000 kişiga yetişi mumkin. Bu raqam Rossiya tomonda turib jang qilgan Ukraina fuqarolarini (xususan, Donetsk va Luhansk oblastlarida «DXR» va «LXR» rasmiylari tomonidan safarbar qilinganlar) öz içiga olmaydi.













