Luiziana ştatining Yangi Orlean şahri markazida yangi yil keçasi odamlarga qarata maşina haydagan şaxs 2024 yil oktyabr va noyabr oylarida şaharga taşrif buyurgan va fransuz kvartalida aqlli közoynaklar yordamida video yozib olgan. Bu haqda 5 yanvar, yakşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Federal tergov byurosi (FTB) direktori yordamçisi örinbosari Kristofer Raya ma’lum qildi.

«Tergovning barça tafsilotlari va hozirda bizda mavjud bölgan dalillar Jabbor (AQŞ fuqarosi Şamsud J.) Yangi Orleanda yolğiz özi harakat qilganini tasdiqlaydi», dedi Raya. «Biz Qöşma Ştatlarda şerik borligini körmadik, ammo AQŞda va xorijda ehtimoliy şeriklarni qidirişda davom etamiz», — deya uning sözlaridan iqtibos keltirgan AP axborot agentligi.

Şols: Yangi Orleandagi odamlar kör-körona nafrat tufayli öldirildi

Germaniya kansleri Olaf Şols va Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça yangi oliy vakili Kaya Kallas 1 yanvar kuni Yangi Orleandagi hujum munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

«Yangi Orleandan dahşatli xabar: bayramni nişonlayotgan baxtli odamlar kör-körona nafrat tufayli halok böldi yoki yaralandi. Biz qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlari bilan birgamiz va jabrlanganlarning barçasi tezroq soğayib ketişini tilaymiz», deb yozgan Şols ijtimoiy tarmoqda.

«Yangi Orleanda yangi yil bayramida qasddan qilingan hujumdan çuqur qayğudaman. Bunday zöravonlik uçun heç qanday asos yöq. Rasmiylar tergovni davom ettirar ekan, biz uşbu fojiali davrda qurbonlar va ularning oilalari bilan töliq birdammiz», — deydi Kallas.