Şimoliy Koreyada kelib çiqişi Janubiy Koreyadan bölgan budae-jige (sosiskali şörva) tayyorlaş taqiqlandi. Taqiqni buzganlar mehnat lagerlariga yuborilişi mumkin, deb yozdi The Sun şimoliy Yangan viloyatidagi bozor işçisiga tayanib.

Budae-jige - Janubiy Koreyada ixtiro qilingan va juda maşhur bölgan sosiskali, göştli va nöxotli aççiq lağmon. 2017 yilda bu şörva Şimoliy Koreyaga kirib bordi va tezda maşhur böldi.

Biroq, 2024 yilda Pxenyan budae-jigeni Janubiy Koreyadan kelib çiqqanligi sababli tayyorlaşni taqiqladi. Uni köçada sotgan yoki uyda pişirgan har bir kişi mehnat lageriga tuşib qoliş tahdidi ostida qoladi.

«Bozorda budae-jige sotilişi töxtatildi. Politsiya va bozor ma’muriyati şörvani sotayotganda qölga tuşganlar yopilişini aytdi», dedi sotuvçi ayol.

Şimoliy koreyaliklar dunyoning qolgan qismida ruxsat berilgan boşqa narsalar uçun ham jazolanişi mumkin. Masalan, yaqinda rasmiylar mamlakatda nikohdan ajraşiş uçun qöllanadigan jazoni sezilarli darajada kuçaytirgan. Jumladan, ajraşiş töğrisida ariza berilgandan söng, er-xotin 1 oydan 6 oygaça qamoq jazosiga hukm qilinadi.

«Men Kimjongsuk okrugi xalq sudiga bordim... u yerda 12 oila ajraşişi töğrisida qaror qabul qilindi. Hukm çiqarilgandan söng, ular darhol tuman mehnat lageriga ötkazildi», dedi öz ismini oşkor qilişni istamagan Yangan viloyatida yaşovçi fuqaro.

Ayolning aytişiça, 2020 yildan beri ajraşişlar soni tez sur’atlar bilan oşgan. COVID-19 pandemiyasi boşlanişi bilan butun mamlakat qamalga tuşdi va köpçilik oilalarga pul topiş juda qiyin böldi. Yomon iqtisodiy şaroitlar köplab nikohlarning buzilişiga olib keldi. Er-xotinlarning ajraşişlariga yöl qöymaslik uçun hukumat ajraşganlarni jazolay boşladi.