RF mudofaa vazirligi bayonotida aytilişiça, şahar ustidan «töliq nazorat örnatilgan». Rossiya harbiy idorasi Kuraxovoni Ukraina qurolli kuçlarining jami 15 ming harbiy xizmatçisidan iborat 26 ta batalyoni mudofaa qilganini qöşimça qilgan.
Ukraina qurolli kuçlari qömondonligi esa Kuraxovo boy berilganini tasdiqlamayapti. Ukraina QK boş ştabi duşanba kuni ertalab bergan hisobotida ötgan bir kun davomida bu yönalişda raqibning 27 ta hujumi qaytarilgani aytilgan.
BBC Ukraina xizmatining «Hortitsa» operativ-strategik qöşinlar guruhidagi suhbatdoşlari ham bir neça kun oldin Rossiya tomonining Kuraxovo töliq egallangani töğrisidagi bayonotlari — yolğon ekanini ma’lum qilgandi. Manbalar ukrain mudofaa kuçlari hali ham şaharning ğarbiy qismidagi pozitsiyalarni uşlab turganini aytişgandi.
6 yanvar kuni oxirida esa Ukraina qurolli kuçlari şahar töliq raqib qöliga ötganini rasman rad etib, şahar içkarisida hali harbiy harakatlar davom etayotganini da’vo qildi.
«Kuraxovo yönalişida raqib şahardagi turar joylar hududida, Petropavlovka va Daçnoye yönalişlarida hujum amaliyotlari ötkazmoqda. Raqibning bizning jangovar saflarimizgna suqulib kirişga urinayotgan şturmçi guruhlarini aniqlaş va yöq qiliş tadbirlari davom etmoqda», — deyilgan «Hortitsa» bayonotida.
Keng kölamli uruşga qadar Kuraxovo şahrida 18 ming atrofida odam yaşagan, u Donbass janubidagi muhim sanoat markazi hisoblangan.
«Zaporijjya — Donetsk» trassasida joylaşgani tufayli uşbu aholi yaşaş punkti ukrain qöşini Maryinka, Vuhledar va Krasnohorivka uçun janglar olib borganida ular uçun muhim logistik hab vazifasini ötagan.
Ammo 2024 yil mobaynida Rossiya armiyasi oğir janglar natijasida ukrainlarning uşbu şaharlar atrofidagi mudofaasini yorib ötdi va ularni okkupatsiya qildi. Bu Rossiya qöşiniga Kuraxovoga bir vaqtning özida janub, şarq va şimol tomondan yaqinlaşib kelişga imkon berdi.
Ukraina qurolli kuçlari ma’lum vaqt amalda yarim qurşov holatida pozitsiyalarni uşlab turişiga töğri keldi.
Sönggi kunlarda eng şiddatli janglar şaharning ğarbiy çekkasidagi Kuraxovo IES va quvur zavodi joylaşgan sanoat zonasida bölib ötayotgandi. Uşbu uçastkalar hozirgaça ukrain qöşini nazoratida qolayotgandi.

Ukrainalik harbiy şarhlovçi Konstantin Maşovets 3 yanvar kuniyoq Ukraina qurolli kuçlari amalda Kuraxovoni tark etgani haqida yozgandi.
«Menga ma’lum bölişiça, sönggi bir neça kun içida Ukraina qurolli kuçlarining ilğor bölinmalari Kuraxovo IES hududidan töliq olib çiqilgan va şu tariqa Kuraxovo mudofaasi amalda yakunlangan…», — deya yozgandi şarhlovçi.
U ukrainlarning ilğor qismlari hamon Daçnoye qişloğini, şuningdek Yantarnoyega boruvçi yölning bir qismini öz nazoratida uşlab turgani, ammo, katta ehtimol bilan, yaqin kunlar içida Ukraina qurolli kuçlari Kuraxovo platsdarmining «qolgan qismi»ni ham tark etişga majbur bölişini aytgandi.
Asta-sekin qurşab oliş
Ukraina qurolli kuçlari 2024 yilning katta qismi davomida raqibni Kuraxovoning şarqiy çekkalarida — Georgiyevka va Maksimilyanovka qişloqlari hududida töxtatib turdi. Şahar şimoli yirik Kuraxovo suv ombori bilan himoyalangandi.
Ammo oktyabr oyi boşida Rossiya armiyasi Vuhledarni egallab olgaç, vaziyat asta-sekinlik bilan yomonlaşib bordi. Şundan keyin ruslar tezlik bilan Kuraxovoga janubiy qanotdan yaqinlaşa boşladi.
Ukrainlar bu yurişni Suxiye Yali daryosi böylab, ya’ni şahardan 7-8 km janubroqda töxtatib turdi.

Ammo bu vaqtga kelib rossiyalik harbiylar boşqa yönalişlarda Kuraxovoga kirib, ukrain kuçlarini ğarbiy çekkadagi sanoat zonasiga siqib çiqarişni boşlagandi. Dekabr oyiga kelib Ukraina qurolli kuçlari pozitsiyalari faqat IES va truba zavodi hududida saqlanib qolgandi.
Şimol tomonda Ukraina qurolli kuçlari birin-ketin Krasnohorivka, Gornyak va Stariye Terni posyolkalarini qöldan çiqardi.Şu tariqa, rossiyaliklar ukrainlarni suv ombori sohillaridan butunlay çekintirişga erişdi.
Vaziyatni Rossiya armiyasi dekabr oxirida Kuraxovodan ğarbda, Andriyivka, Ulakli va Konstantinopol qişloqlari hududida «Zaporijjya-Donetsk» trassasiga çiqqani fakti ham murakkablaştirdi. Şu tariqa, ukrain garnizoniga ta’minot yetkazib beriş maksimal darajada qiyinlaşdi, trassalar tösib qöyilişi uni töliq qurşov xavfi ostida qoldirdi.
Bundan taşqari, yanvar boşida rossiyaliklar ukrainlarning Daçnoye qişloğidagi istehkomiga yaqinlaşib keldi. Bu qişloq Kuraxovodan ğarbda joylaşgan.
Qurşovga tuşib qolmaslik uçun ukrain armiyasi kuçlari bosqiçma-bosqiç ğarbiy yönalişdagi uşbu «çöntak hudud»ni tark eta boşladi va yakunda şaharni taşlab çiqdi.
Rossiya uni okkupatsiya qilgaç, amalda Donbass janubini töliq nazoratiga oldi va Dnipropetrovsk oblasti bilan ma’muriy çegaralarga deyarli yetib keldi.
Kuraxovo egallanişi RF armiyasiga kelgusida Zaporijjya tomon yuriş qiliş uçun şaroit yaratadi.













