Suriyaning yangi hukumati mamlakat şimolida joylaşgan kurd qöşinlaridan qurollarini zudlik bilan sözsiz taşlaşni talab qildi, deb xabar berdi Turkiyaning Hurriyet naşriga tayanib TASS.

Qayd qilinişiça, Kurdiston işçilar partiyasining (KIP) Suriyadagi bölimi vakillari Damaşqda Suriyaning yangi hukumati bilan uçraşgan.

Naşrning yozişiça, kurd tomoni qurol-yaroğ taşlaş evaziga Suriyaning yangi armiyasi tarkibida kamida bitta armiya korpusi yoki diviziyasini taşkil etiş, şuningdek, mamlakat şimolidagi neft konlarini teng taqsimlaşni taklif qilgan. Biroq, yangi hokimiyat «bu masalani muhokama qilişni ham istamay, KIP oldiga qurolni sözsiz taşlaş şartini qöygan».

Avvalroq Suriya yangi hukumatining asosiy ittifoqçisi bölgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Suriyadagi kurd kuçlarini «kömib taşlaş» bilan tahdid qilgan edi. «Bu bölginçi-jinoyatçilar yo qurollari bilan xayrlaşadi yoki ular bilan birga Suriya tuproğida dafn etiladi», degan edi Turkiya rahbari.

8 dekabr kuni Hş guruhi boşçiligidagi hukumatga qarşi kuçlar Damaşqni egallab, Başar Asad rejimi qulaganini e’lon qildi. Muhammad al-Başir 2025 yil 1 martgaça faoliyat yuritadigan ötiş davri hukumati rahbari böldi. Suriyadagi kurd kuçlari AQŞ tomonidan faol qöllab-quvvatlanmoqda. 2011 yilda Suriya inqirozi boşlanganidan keyin ular mamlakat şimolidagi Halab, Xasaka, Raqqa va Dayr-az-Zur viloyatlarida avtonom ma’muriyat tuzgan.