Germaniyada deportatsiya darajasi sezilarli darajada oşdi. 2024 yilning yanvaridan noyabrigaça Germaniyadan 18 384 kişi çiqarib yuborildi, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 20 foizga köpdir, deb yozdi 7 yanvar, seşanba kuni Germaniyaning Bild gazetasi Germaniya hukumatining nomi oşkor etilmagan vakiliga tayanib.
Bild suhbatdoşiga köra, «deportatsiyalar masalasida federal va mahalliy hukumatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari» birinçi natijalarni körsatdi.
2023 yil davomida Germaniya hukumati mamlakatda qoliş huquqidan mahrum qilingan 16 430 nafar muhojirni deportatsiya qildi. Taqqoslaş uçun, 2019 yilda 22 000 ga yaqin deportatsiya amalga oşirilgan, şundan söng COVID-19 pandemiyasining birinçi yilida ularning soni sezilarli darajada kamaydi. Bild ma’lumotlariga köra, 2024 yilda Germaniyada boşpana söraş uçun 213 ming ariza berilgan, bu 2023 yilga nisbatan ança kam.
Germaniyada boşpana uçun sörovlar soni 30 foizga kamaydi
2024 yilda Germaniyada boşpana sörab murojaat qilganlar soni 30 foizga qisqarib, 230 mingga yaqinni taşkil qildi. Bu haqda 3 yanvar kuni Welt am Sonntag (WamS) gazetasi hukumat doiralaridagi suhbatdoşlariga tayanib yozdi.
Bir yil avval Germaniya rasmiylariga 329 mingta şunday ariza kelib tuşgan. Germaniya Içki işlar vazirligi yaqin kunlarda yakuniy statistikani taqdim etadi.
Germaniya tarixida boşpana sörab murojaat qilişning yillik soni hozirgi darajadan bor-yöği olti marta oşgan: 1991-1993 yillardagi Yugoslaviya uruşlari paytida, 2015-2016 yillardagi migratsiya inqirozining eng yuqori çöqqisida va 2023 yilda, deya qayd etadi naşr.
Işdan ketayotgan federal hukumat bir neça oy davomida boşpana izlovçilar oqimini kamaytirişdagi muvaffaqiyatini e’lon qildi, ammo maqsad sifatida faqat 2023 yildan foydalandi. Şu bilan birga, «svetofor koalitsiyasi» hokimiyatda bölgan birinçi töliq yil bölgan 2022 yilda boşpana sörovlari soni 2021 yilga nisbatan 47 foizga oşdi, deya tuşuntiradi WamS. 2023 yilda bu körsatkiç bir yil avvalgiga nisbatan 51 foizga oşgan.












