Poytaxt jamoat transportlarida naqd yölkira uçun jarima, jahon pasport va IQ reytinglarida kötariliş va çeklanayotgan bank kartalari soni — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Naqd yölkira uçun jarima
2025 yil 1 yanvardan Toşkentdagi avtobuslarda naqd pul qabul qiliş töxtatildi. Yöl haqini naqd pulda bergan yölovçilarga endi jarima qöllanişi mumkin.
Transport nazorati inspeksiyasining ma’lum qilişiça, haydovçi ham naqd pul qabul qilmasligi şart, aks holda ma’muriy bayonnoma rasmiylaştiriladi.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga köra, yölovçiga 37 ming 500 söm jarima solinadi. Barça avtobuslarga nazorat kameralari örnatilgan bölib, qonunbuzarlik holatlari kuzatuvda böladi.
Şaharda 2644 ta avtobekat atrofida 5500 ta QR-kod şoxobçalari taşkil qilingan. Naqd pulga çipta yoki QR-kod xarid qiliş uçun infokiosklar faoliyat körsatmoqda. Yöl haqi tölovi elektron tölov tizimi yoki bank kartalari orqali amalga oşiriladi.
Bir yölovçi uçun avtobus va metro qatnovi narxi ATTO kartasi orqali elektron tölovda 1700 sömni taşkil etadi, naqd pulda esa 3000 söm etib belgilangan. Infokiosklar orqali bir martalik çiptalar xarid qiliş mumkin.
Özbekiston pasporti reytingda kötarildi
Özbekiston dunyoning eng kuçli pasportlari reytingida 68-örinni egalladi. Passport Index ma’lumotlariga köra, bu ötgan yilga nisbatan ikki öringa yaxşi.
Indeks pasporti egasi vizasiz kirişi mumkin bölgan yoki yetib borgandan keyin viza oliş imkoniyati mavjud davlatlar soni asosida baholanadi.
Özbekiston fuqarolari 32 davlatga vizasiz taşrif buyurişi, 46 davlatga yetib borganidan keyin viza olişi mumkin. Şuningdek, 120 ta mamlakatga boriş uçun viza oldiriş talab etiladi.
Bu borada Özbekiston pasporti Markaziy Osiyoda 52-örindagi Qozoğiston pasportidan keyin turibdi. Qirğiziston bizdek 68-örinda, Tojikiston 72-örinda va Turkmaniston 76-örinda.
Reytingdagi eng kuçli pasport BAA fuqarolariga tegişli. Eng sönggi örinda Suriya pasporti joylaşgan.
IQ darajasi böyiça ham yuqorilaş
Özbekiston nafaqat pasport reytingida, aql darajasi böyiça reytingda ham yuqoriladi.
Xalqaro IQ reyestri ma’lumotiga köra, Özbekiston dunyodagi 127 davlat içida örtaça 96,98 ball bilan 69-örinni egalladi. Bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 2,17 ballga oşgan.
Reytingda birinçi örin Xitoyga nasib etgan bölsa, Eron va Janubiy Koreya kuçli uçlikdan örin oldi. Gabon esa 85,56 ball bilan röyxatning sönggi poğonasini egalladi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozoğiston 66-örinda, Qirğiziston 84-örinda, Tojikiston 96-örinda qayd etildi. Turkmaniston haqida ma’lumot berilmagan.
Tadqiqot natijalariga köra, mamlakatlardagi örtaça IQ darajasiga yuqimli kasalliklar, ovqatlaniş, intellektual faoliyat, genetika ta’sir körsatadi.
Soğlom ovqatlaniş, intellektual faoliyat va rivojlangan soğliqni saqlaş tizimiga ega mamlakatlarda örtaça IQ darajasi yuqori bölişi qayd etildi.
SSV metapnevmovirus haqidagi xabarlarni rad etdi
Soğliqni saqlaş vazirligi Respublika pediatriya markazi metapnevmovirusga çalingan bemor bolalar bilan tölgani haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi.
Vazirlikning ma’lum qilişiça, bunday xabarlar mutlaqo asossizdir. Yangi yil arafasida pediatriya markazida profilaktik yuviş va zararsizlantiriş işlari olib borilgan bölib, bu markaz bölimlarining vaqtinça yopilişiga sabab bölgan. 6 yanvardan barça bölimlar qayta oçilib, tabiiy ravişda bemorlar oqimi oşgan. Şu bilan birga, markaz yuqimli kasalliklarga çalingan bemorlarni davolaşga möljallanmagan.
2025 yilda 43 mlrd dollarlik investitsiya
Prezident «Tadbirkorlar uçun teng şaroitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlaş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonni imzolandi. Bu tadbirkorlik muhitini yaxşilaş va soliq siyosatini barqarorlaştirişga qaratilgan.
Farmonga köra, daromad soliği va QQS stavkalari 2028 yilgaça özgartirilmaydi. Foyda soliğining bazaviy stavkasi 15 foizni taşkil etadi, dividendlar uçun 5 foiz, xorijiy fuqarolar va kompaniyalar uçun esa yuqoriroq stavka belgilangan. QQS stavkasi 12 foiz bölib, kommunal xizmatlar va eksport operatsiyalariga 0 foizlik imtiyoz qöllanadi.
2025 yilda Özbekiston 43 mlrd dollarlik investitsiyalarni özlaştirişni rejalaştirmoqda. Budjet daromadlari 33,4 mlrd dollar, xarajatlari esa 37,3 mlrd dollar bölişi kutilmoqda.
Bank kartalari soni çeklandi
Özbekistonda har bir jismoniy şaxs nomiga rasmiylaştiriladigan plastik kartalar soni çeklanmoqda. Uşbu vaqtinçalik tartib 2025 yil mobaynida amal qiladi.
Markaziy bank ma’lumotiga köra, bir şaxs uçun bitta bankda 5 tagaça, barça banklarda esa jami 20 tagaça karta oçilişi mumkin.
Çeklov virtual va kobeydjing kartalarini ham qamrab oladi, biroq çet el valutasidagi kartalarga tatbiq etilmaydi. Şuningdek, 12 oy mobaynida heç qanday operatsiya bajarilmagan bank kartalari bloklanadi va bu haqda karta egasiga xabar beriladi.
Markaziy bank uşbu çoralar firibgarlik holatlarining oldini oliş uçun joriy etilganini ta’kidladi. Avvalroq, ayrim şaxslar nomiga yuzlab kartalar oçilib, ulardan noqonuniy moliyaviy operatsiyalarda foydalanilgani qayd etilgan edi.











