Kolumbiya şimoli-ğarbida kiçik samolyot qulab tuşdi. Bu haqda Antokiya departamenti Xatarlarni boşqariş byurosi departamenti Karlos Rios Puertaga tayanib, «Sinxua» agentligi xabar berdi.
8 yanvar kuni bedarak yöqolgan deya e’lon qilingan Pacifica Travel kompaniyasi samolyoti Kolumbiya şimoli-ğarbidagi Antokiya departamenti hududiga qulagani aniqlandi. Uning bortida ikki nafar ekipaj a’zosi va sakkiz yölovçi bölgan.
«Afsuski, omon qolganlar yöq. Hodisa joyida 37 nafar xodim iş olib bormoqda va biz jasadlarni çiqarib oliş va sud politsiyasi bilan muvofiqlaştirişni öz içiga oladigan ikkinçi bosqiçni tezlaştiryapmiz», — deydi Puerta.
Uning sözlariga köra, noqulay ob-havo şaroiti jasadlarni çiqarib oliş jarayonlarini qiyinlaştirgan, çunki vertolyotlar xizmatidan foydalaniş imkonsiz bölib qolmoqda.
Kolumbiya Transport vazirligi va Fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi halok bölganlar oilalariga hamdardlik bildirgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari boşlangan.
Eslatib ötamiz, 29 dekabr kuni Bangkokdan parvoz qilgan Jeju Air aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketdi va Janubiy Koreyaning Muan okrugidagi aerodrom panjarasiga borib urilgandi. Uşbu halokat bortdagi 181 kişidan 179 nafarining hayotiga zomin bölgan.
Undan oldinroq, 25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga uçgan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti Oqtov yaqinida halokatga uçraşi oqibatida 38 kişi halok bölgandi.











