Şohimardon – atrofi töliq Qirğiziston hududi bilan öralgan Özbekistonning eksklavi. Farğona viloyati tarkibiga kiradi. Toğlar bağridagi qişloq betakror tabiati va odamlarining yaşaş tarzi bilan ajralib turadi. “Manzil” loyihasi tarixiy va madaniy ahamiyati bilan maşhur Şohimardonga sayohat qildi.

Bu hudud dengiz sathidan taxminan 1550–1700 metr balandlikda joylaşgan. Qişloq aholisi asosan özbeklar va qirğizlardan iborat. Atrof toğlar bilan öralgan bölib, yaqin masofadan Söx daryosi oqib ötadi.

Şohimardonga yetib boriş uçun Farğona şahridan taxminan 55-60 km yöl bosiş kerak. Şohimardon yam-yaşil örmonlari, toğ daryolari va şaffof köli bilan maşhur.

Kök-Köl – Şohimardonning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri. Yoz mavsumida bu yerga dam oliş va toğ sayohatlari uçun köp sayyoh keladi.

Şohimardon nomi arabça “Şoh va fido” degan ma’noni anglatadi. Şohimardonda yozgi kunlar iliq va salqin böladi, qiş esa sovuq va qorli. Şu sabab bu joy asosan yozda dam oliş uçun eng qulay. Biz esa uni qişda qanday bölişi va dam oliş uçun şaroitlar bor-yöqligiga qiziqdik. Taassurotlarimiz – sayohatnomamizda.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun

Körsatuv Özbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.