Uçraşuvda AD Pors Group kompaniyasi rahbari Muhammad Juma al-Şamisiy, Tadweer rahbari Ali al-Daheriy, Plenary Group rahbari Mustafo Faxur va DUCAB rahbari Muhammad al-Kuraşiy iştirok etdi.

Uşbu kompaniyalar öz sohalarida jahon yetakçilaridan biri bölib, ularning jami aktivlari 200 milliard dollardan ziyodni taşkil etadi.

Yuqori texnologik tarmoqlarda amaliy hamkorlikni rivojlantiriş va investitsiya portfelini kengaytiriş imkoniyatlari körib çiqildi.

BAA bilan iqtisodiyotning turli yönalişlarida şeriklik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Investitsiyalarni ilgari suriş, sanoat va ilğor texnologiyalarni rivojlantiriş böyiça qöşma çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Har bir kompaniya bilan özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş böyiça navbatdagi qadamlar belgilandi. Infratuzilmani rivojlantiriş, şaharsozlik, energetika, transport va logistika, toğ-kon sanoati, elektrotexnika, kommunal xöjaligi va boşqa sohalarda qöşma loyihalar haqida söz yuritildi.

Innovatsion texnologiyalarni joriy etiş, nodir metall konlarini özlaştiriş, mintaqaviy temiryöllarni rivojlantiriş va "quruq" portlar barpo etiş, kabel mahsulotlarini işlab çiqariş loyihalarini jadallaştiriş, ta’lim va tibbiyot sohalarida DXŞ loyihalarini ilgari suriş yuzasidan kelişuvlarga erişildi.

Uçraşuv yakunida amaliy hamkorlikning barça yönalişlari böyiça "yöl xaritasi"ni qabul qilişga kelişib olindi.